Ayol xodimlar mojarosi ortidan Eyfel yopildi
Avvalroq, Parijdagi Eyfel minorasiga Hindiston diniy delegatsiyasi taşrifi çoğida ayol xodimlar iş joylarini tark etişga majburlangani haqidagi xabarlar yuzasidan tekşiruv boşlangani haqida xabar berilgan edi. Endi esa mazkur voqea ortidan xodimlar iş taşlaşi sababli bir kunga yopilgan Eyfel minorasi qayta oçildi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
CGT kasaba uyuşmasi vakili Dian Davuanning aytişiça, rahbariyat ayol xodimlarga BAPS nomi bilan tanilgan Hindiston diniy taşkiloti delegatsiyasi bilan aloqa qilmaslik haqida körsatma bergan. Bu talab xodimlar orasida norozilikni kuçaytirgan.
BAPS taşkiloti Parijda hind ibodatxonasining oçilişi munosabati bilan tadbirlar ötkazayotgan bölgan. Taşkilot yuzaga kelgan vaziyat tufayli jabrlangan yoki noqulaylikka duç kelgan barçadan uzr sörab, bildirilgan xavotirlarni jiddiy qabul qilişini malum qilgan.
Parij meri Emmanuel Greguar esa voqea yuzasidan tekşiruv boşlaşini aytgan. U gender tengligi Frantsiya poytaxtidagi tarixiy yodgorliklarda ham istisnosiz taminlanişi kerakligini takidlagan.
Eyfel minorasi bugun, 8 sentyabr kuni qayta oçilgan. Mazkur inşootga har yili qariyb 7 million kişi taşrif buyuradi.
Eslatib ötamiz, Eyfel minorasi 2024 yil fevral oyida xodimlarning iş taşlaşi sababli yopilgan, ular minorani saqlaş uçun mablağni köpaytiriş va iş haqini oşirişni talab qilgan edi.