Öt balosi: Antaliyada yonğin aholi yaşaydigan uylarni vayron qildi
Turkiyaning Antaliya viloyatida örmon yonğinlari aholi yaşaş hududlariga ham tarqaldi. Bu haqda Antaliya gubernatori Hulusi Şahin malum qildi.
Uning sözlariga köra, Aksu tumanida boşlangan yonğin Karaöz va Yeşilkaraman mahallalariga kirib borib, uylar, issiqxonalar va hayvonlar saqlanadigan joylarga xavf tuğdirgan. Kamida 254 ta uy aholisi xavfsizlik uçun evakuatsiya qilingan.
Gubernatorning aytişiça, Aksu tumanining Yeşilkaraman mahallasida joriy yilning 7 sentyabr kuni keçqurun boşlangan yonğin şamol kuçayişi ortidan yana avj olgan. Alanga örmon xöjaligi xodimlari tomonidan qurilgan himoya tösiqlarini bir neça joydan yorib ötib, mahallalar içkarisiga tarqalgan.
“Yonğin Karaöz va Yeşilkaraman mahallalarimiz içiga tarqalib, u yerdagi uylar, issiqxonalar va hayvonlar saqlanadigan molxonalarni xavf ostida qoldirdi. Xodimlarimiz katta say-harakat qildi. Dastlab zarar körgan bir neçta uyni hisobga olmaganda, qolgan uylarni saqlab qolişga muvaffaq böldik”, degan Şahin.
Ayni paytda yonğinni öçiriş işlari havodan va quruqlikdan davom ettirilmoqda. Gubernator şamol biroz susayganini, havo yoruğ paytda samolyot va vertolyotlar, qoronği tuşgaç esa, quruqlikdagi ekipajlar orqali kuraş davom etişini bildirgan.
Kumluja tumanida ham keça, 8 sentyabr kuni soat 14:00 atrofida yirik örmon yonğini boşlangan. Şahinning sözlariga köra, bu yonğinning kuçi ança pasaygan va hozirda aholi yaşaş hududlariga bevosita xavf tuğdirmayapti.
“10 ga yaqin uy zarar kördi, biroq hozir aholi yaşaş joylarida tahdid yöq. Kuraş havodan va quruqlikdan davom etmoqda”, degan gubernator.
Uning qayd etişiça, Kumlujadagi yonğin jandarmeriya bölinmasiga ham yaqinlaşgan. Körilgan çoralar natijasida jandarmeriya binosi va boşqa inşootlarning katta qismi saqlab qolingan. Biroq ayrim zararlar yetgan, bir neçta hayvon ham nobud bölgan. Yonğin töliq öçirilgaç, yetkazilgan zarar miqdori aniqlanadi.
Şuningdek, Şahin Aksudagi yonğin 24 soatdan ortiq vaqt davom etayotganini aytgan. Uning takidlaşiça, hozir ikkala yonğinning ham aholi yaşaş hududlariga tahdidi sezilarli darajada kamaygan.
Yonğin xavfi yuzaga kelgan hududlardagi uylar vaqtinça evakuatsiya qilinmoqda. Xavf bartaraf etilgaç, aholi öz uylariga qaytmoqda. Şuningdek, yonğin sababli Antaliya – Isparta avtomobil yöli xavfsizlik çorasi sifatida transport harakati uçun yopilgan.
Eslatib ötamiz, Turkiyaning Antaliya va Adana viloyatlarida örmon yonğinlari sodir bölgani haqida xabar berilgan edi.