Xorvatiyada örmonlar yonyapti: minglab aholi evakuatsiya qilindi
Xorvatiyaning sayyohlik şahri Omişda kuçli şamol tufayli örmon yonğini sodir bölib, mingga yaqin kişi evakuatsiya qilindi. Yonğin oqibatida 36 kişi jarohatlangan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Malumotlarga köra, yonğin joriy yilning 13 avgustidan 14 avgustiga ötar keçasi Omiş şahri yaqinida boşlangan. Kuçli şamol tufayli alanga aholi yaşaş hududlariga va örmonzorlarga tarqalgan. Yonğin 1 000 gektardan ortiq maydonni qamrab olgan.
Jarohatlangan 36 kişi tez yordam xizmati tomonidan Omişdan 25 kilometr şimolda joylaşgan Split şahridagi şifoxonalarga olib borilgan. Ulardan 14 nafari şifoxonaga yotqizilgan, 7 kişining ahvoli oğir ekani aytilmoqda.
Falokat tufayli Omişdan Splitgaça bölgan bir neçta şaharda vaqtinçalik boşpanalar taşkil etilgan. Ularda bir keçada qariyb 1 000 kişi joylaştirilgan.
Xorvatiya yonğin xizmati boş qömondoni Slavko Tuçakoviçning aytişiça, alanga yölida uçragan barça narsani vayron qilgan va katta moddiy zarar yetkazgan.
14 avgust kuni ertalab yonğin biroz pasaygan va oçiq alanga qolmagan. Yonğinni bartaraf etiş işlariga 286 nafar öt öçiruvçi, 90 ta maxsus texnika va 4 ta samolyot jalb qilingan. Şuningdek, asosiy sohil avtomagistralining bir qismi harakat uçun yopilgan.
Qayd etilişiça, yonğinlar Xorvatiyaning sayyohlik mavsumiga ham xavf tuğdirmoqda. Mutaxassislar Yevropa böylab issiq havo va qurğoqçilik örmon yonğinlari uçun qulay şaroit yaratayotganini takidlamoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provintsiyasida tez tarqalayotgan örmon yonğinlari sababli favqulodda holat elon qilinişi ortidan 20 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi.