USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Gretsiyada yonğinni öçirayotgan ikki vertolyot töqnaşib ketdi

121 марта
Грецияда ёнғинни ўчираётган икки вертолёт тўқнашиб кетди

Gretsiyada yirik örmon yonğinini öçiriş işlari vaqtida ikki yonğin öçiruvçi vertolyot havoda töqnaşib ketdi. Hodisa oqibatida 2 kişi halok böldi. Bu haqda mamlakat yonğin xizmati xabar qildi.

Malumotga köra, halok bölganlardan biri Gretsiya, ikkinçisi Daniya fuqarosi bölgan. Ikkinçi vertolyot ekipajidagi Gretsiya va Buyuk Britaniya fuqarolari esa omon qolgan. Hozirda töqnaşuv sabablari yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Hodisa Afinadan şimoli-ğarbiyda joylaşgan Attika mintaqasidagi Psata hududida sodir bölgan. Bu yerdagi yirik örmon yonğini 100 dan ortiq uyni vayron qilgan. Yonğin tufayli Kefaloniya sayyohlik orolidagi bir neçta aholi punktlari ham evakuatsiya qilingan.

Mahalliy OAV malumotiga köra, Beotiya viloyatida boşlanib Attikaga tarqalgan yonğinga şamol elektr stantsiyalaridan milliy elektr tarmoğiga elektr uzatuvçi xususiy tarmoq simlaridan çiqqan uçqunlar sabab bölgan bölişi mumkin. Ehtiyotsizlik gumoni bilan ikki nafar Gretsiya fuqarosi qölga olingan, yana bir gumondor qidirilmoqda.

Gretsiya Boş vaziri Kiriakos Mitsotakis ayrim holatlarda tabiat kuçi va ob-havo şaroitlari inson imkoniyatlaridan ustun kelişini takidlagan. 

Şu bilan birga, Frantsiyaning Var hududida şamol yönalişi özgarişi tufayli yirik örmon yonğini qiyin yetib boriladigan örmonlarga tarqalgan. Karkasson şahri yaqinida esa yongan avtomobil sabab yangi yonğin kelib çiqqan. Avtomagistral yopilgan va yaqindagi hayvonot boği evakuatsiya qilingan.

Ispaniyaning markaziy qismida ötgan hafta ön minglab gektar maydonni qamrab olgan yonğinlar asosan nazoratga olingan bölsa-da, ayrim hududlarda alanga qayta kuçaygan. Yevropaning bir qator davlatlari qurğoqçilik va suv sathining pasayişi oqibatlariga ham duç kelmoqda. Vengriyada Dunay daryosi suvi rekord darajada pasaygani sabab mamlakatdagi yagona atom elektr stantsiyasi 40 yildan ortiq vaqt içida ilk bor işini töxtatgan. Serbiyada ham Dunaydagi suv sathi 1985 yildan buyon eng past körsatkiçga tuşib, mamlakatning eng yirik gidroelektr stantsiyasi işlab çiqariş quvvati keskin kamaygan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropada bir neça kundan buyon örmon yonğinlari davom etmoqda. Frantsiya va Ispaniyadagi eng kuçli yonğinlar fonida evakuatsiya qilinganlarning umumiy soni 300 ming kişidan oşgan edi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: