USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ neftdan söng Venesuelaning oltiniga ham “köz olaytiryapti”

49 марта
АҚШ нефтдан сўнг Венесуэланинг олтинига ҳам “кўз олайтиряпти”

AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyati Venesuelaning mineral resurslarini, şuningdek oltin konlarini öz nazoratiga olişni rejalaştirmoqda. Bu haqda vaziyatdan xabardor uçta manbaga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Ularning sözlariga köra, bu Amerika kompaniyalairga nafaqat neft, balki Vaşington milliy xavfsizlik uçun muhim deb hisoblaydigan foydali qazilmalar zaxiralaridan ham foydalaniş imkonini beradi. Oq uy mulozimlari tegişli investitsiyalarga bölgan qiziqişni baholaş uçun biznes vakillari bilan uçraşuvlar ötkazib bölgan.

AQŞning Venesuela konçilik sohasidagi iştirokini kengaytiriş variantlari orasida öta muhim minerallar töğrisidagi farmon körib çiqilmoqda. Manbalarning xabar berişiça, hujjat tayyorlanmoqda, biroq Vaşingtonning yondaşuvi hali özgarişi mumkin. Oq uy vakili Teylor Rojersning aytişiça, ikkala mamlakat ham “qayta tiklangan hamkorlikdan” va “Ğarb kompaniyalarining Venesuelaning asosiy tarmoqlariga kiritayotgan yangi investitsiyalaridan manfaatdor”. Uning sözlariga köra, ayni paytda maxsus farmonga ehtiyoj yöq. Amaldagi qonunlarning özi yetarli.

“Reuters”ning yozişiça, uşbu reja Trampning Lotin Amerikasida AQŞ tasirini kuçaytiriş va mintaqada Xitoyning ortib borayotgan iqtisodiy iştirokiga qarşi turiş böyiça kengroq strategiyasining bir qismi. Vaşington bu yönalişdagi ilk qadamni mart oyidayoq taşlagan. Moliya vazirligi Venesuela oltini bilan boğliq bir qator operatsiyalarga, jumladan “Minerven” davlat oltin qazib oliş kompaniyasi bilan özaro hamkorlik qilişga ruxsat bergan. Keyinçalik bu ruxsat respublikaning boşqa foydali qazilmalariga, şuningdek, qazib oliş bilan boğliq ayrim xizmatlarga va potentsial investitsiya şartnomalari böyiça muzokaralarga ham tatbiq etilgan.

Venesuela hukumatining 2018 yilgi baholaşiga köra, mamlakat resurslari 644 tonna oltin, 14,68 mlrd tonna temir rudasi, 321,5 mln tonna boksit va deyarli 408 ming tonna nikelni öz içiga oladi. Biroq foydali qazilmalarning amaldagi hajmini baholaş murakkab: geologik malumotlarning salmoqli qismi eskirgan, Orinoko konçilik kamaridagi alohida oltin konlarini esa noqonuniy qurolli guruhlar nazorat qiladi. Mavjud baholarga köra, mamlakatda ilğor texnologiyalarda qöllaniladigan kamyob yer metallarining katta zaxiralari mavjud emas.

Eslatib ötamiz, Tramp joriy yilning 28 avgust kuni AQŞ Venesuelaning 65 mlrd barreldan ortiq tasdiqlangan neft zaxiralaridan foydalaniş imkoniyatini qölga kiritgani töğrisidagi bitimni elon qilgan edi. Keyinçalik Oq uy bitim tafsilotlarini oçiqladi: Amerikaning “North American Blue Energy Partners” (NABEP) kompaniyasiga 17 ta konni 100 yil muddatga özlaştiriş huquqi berilgan. Bunda AQŞ hukumati NABEP’da 35 foizlik uluşga va uning rahbariyatini şakllantirişda veto huquqiga ega bölgan, rahbariyatning köpçiligini esa AQŞ fuqarolari taşkil etişi kerak. Bundan taşqari, Davlat departamenti kompaniya tomonidan qazib olinadigan neftning 20 foizini tannarxi böyiça sotib olişi mumkin böladi, şuningdek, qolgan hajmni sotib olişda ham imtiyozli huquqqa ega böladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: