Ukraina Rossiyaning 2800 km içkarisidagi zavodga zarba berdi
Rossiyaning Noviy Urengoy şahridagi sanoat obekti Ukraina dronlari hujumiga uçradi. Bu haqda Yamal-Nenets avtonom okrugi gubernatori Dmitriy Artyuxov malum qildi.
Uning sözlariga köra, sanoat obektiga qilingan hujum qaytarilgan, biroq dron parçalarining tuşişi yonğinga olib kelgan. Halok bölganlar va jabrlanganlar yöq. Rossiya Prezidentining Ural federal okrugidagi vakolatli vakili Artem Joga yonğin yonilği-energetika majmuasi obekti hududida sodir bölganini va uning xodimlari evakuatsiya qilinganini bildirgan. U sodir bölgan voqeani Ural federal okrugining Arktika qismiga qilingan birinçi hujum deb atagan.
Taxmin qilinişiça, bu keng kölamli uruş boşlanganidan beri nişonning çegaradan uzoqligi böyiça Ukraina hududidan berilgan eng uzoq masofali zarba. OSINT-tahlilçilari hujum nişoni deb atagan zavod Ukrainadan taxminan 2800 km uzoqlikda joylaşgan. Bu ilgari hujumga uçragan Omsk neftni qayta işlaş zavodidan (NQIZ) deyarli 500 km uzoqroqda. Dronning uçirilgan joyi hozirça nomalum, şu sababli rekord haqidagi xulosa dastlabki taxmin bölib turibdi.
Joriy yilning iyul oyi boşida Omsk NQIZga berilgan zarbani Ukraina Maxsus amaliyot kuçlari keng kölamli bosqin davridagi eng uzoq masofali zarba deb atagan. “Fire Point” kompaniyasi boş konstruktori Denis Ştilerman iyul oyidagi zarba uçun FP-1 dronidan foydalanilganini aytgan. Noviy Urengoyga hujum qilgan dron turi hokimiyat organlarining rasmiy xabarlarida körsatilmagan.
“Dnipro Osint” loyihasining malum qilişiça, Noviy Urengoydagi kondensatga transportirovkaga tayyorlaş zavodi hujum nişoni bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Qurolli kuçlari Xarkov viloyatida Ukraina qöşinlarining harbiy texnikalariga dronlar orqali zarba bergani haqida xabar qilingan edi.