Şvetsiyada musulmonlar saylov arafasida radikal demokratlarga qarşi çiqmoqda
Şvetsiyada 2026 yilgi parlament saylovlari arafasida musulmon jamoalari mamlakatda kuçayib borayotgan öta öng qaraşlarga qarşi jamoatçilik bilan muloqotni kuçaytirmoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Şvetsiyadagi musulmonlar, xususan, ahmadiya musulmonlari jamoasi mamlakatda islom va muhojirlarga nisbatan salbiy munosabat kuçayib borayotganidan xavotir bildirmoqda. Ular saylovlar oldidan öta öng kuçlarning tasiri ortib borayotgan bir paytda jamoatçilik bilan oçiq muloqot qilişga urinmoqda.
Şu maqsadda imom Kaşif Virk 2017 yilda “Musulmondan sörang” (Ask-a-Muslim) taşabbusini yölga qöygan. Önlab köngillilar iştirokidagi uşbu loyiha mamlakatning 150 dan ortiq bozori, maydoni va şahar markazlarida ötkazilib, odamlarga islom dini haqida savol beriş va notöğri tasavvurlarni muhokama qiliş imkonini bergan.
Virkning aytişiça, Şvetsiyada ayrim radikal siyosiy kuçlar faollaşgani sababli odamlar islomdan çindan ham qörqa boşlagan. Mamlakatda masjidlarga hujumlar va vandalizm holatlari ham kuzatilgan. 2023 yilda esa Quron nusxalarini yoqiş yoki ularga zarar yetkaziş bilan boğliq bir qator namoyişlar ötkazilgan.
Naşrning yozişiça, Şvetsiyadagi ayrim muhojirlar siyosiy bahslar ularning kundalik hayotiga ham tasir qilayotganini aytmoqda. Malmyo şahrida yaşovçi 46 yoşli hamşiraning sözlariga köra, öta öng kuçlar uning dini va hijobi haqida gapirganda, bu gaplar uning şaxsiyatiga qaratilgandek tuyuladi.
Maqolaga köra, öta öng “Şvetsiya demokratlari” partiyasining tasiri sönggi yillarda sezilarli darajada oşgan. Partiyaning migratsiya va jinoyatçilik masalalaridagi qaraşlari mamlakat siyosiy kun tartibiga ham tasir körsatmoqda.
Şu bilan birga, Şvetsiya hukumati migratsiya qoidalarini yanada kuçaytirgan. Mamlakat boşpana sörovlari böyiça kvotani qisqartirgan va ayrim muhojirlarning ixtiyoriy ravişda qaytişi uçun rağbatlantiriş çoralarini joriy etgan.
Malumot uçun, “Şvetsiya demokratlari” (Sweden Democrats, SD) – milliy-konservativ va öng populist partiya bölib, köp xalqaro manbalar uni öng qanotdan öta önggaça bölgan partiya sifatida tasniflaydi. Partiyaning asosiy siyosiy masalalaridan biri – immigratsiyani keskin çeklaş. Şuningdek, jinoyatçilik va integratsiya masalalarida qattiqqöl siyosatni qöllab-quvvatlaydi.
Musulmonlar va muhojirlar orasida mamlakatdagi muhit tobora noqulaylaşib borayotgani haqida xavotirlar kuçaymoqda. Ayrim faollar esa öta öng kuçlarning tasiri davom etsa, bu Şvetsiyaning milliy qiyofasi va mamlakatdagi ozçiliklarga munosabatni uzoq muddatga özgartirişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Şvetsiyada musulmonlar aholining taxminan 8 foizini taşkil etadi. 2026 yilgi parlament saylovlari mamlakatda migratsiya, integratsiya va öta öng siyosiy kuçlarning kelajakdagi tasiri masalalari böyiça muhim qaror nuqtasi bölişi kutilmoqda.