Kanada Ukrainaga $350 millionlik havo mudofaasi yordamini beradi
Kanada Ukrainaga Rossiya raketa hujumlaridan himoyalaniş uçun 350 million Kanada dollari miqdorida havo mudofaasi raketalarini yetkazib beriş böyiça kelişuvga erişdi. Bu haqda keça, 10 sentyabr kuni Kanada Boş vaziri Mark Karni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uçraşuvdan söng malum qildi.
Karnining aytişiça, kelişuv Ukrainaga havo mudofaasi uçun zarur bölgan interseptorlarni yetkazib berişni nazarda tutadi. Uşbu 350 million Kanada dollarilik harbiy texnika paketi Ukraina aholisi, infratuzilmasi va havo hududini himoya qilişga yordam beradi.
“Rossiya fuqarolik aholisiga farqsiz hujum qilayotgan varvarona havo uruşi kölamini oşirayotgan bir paytda Ukrainaning havo mudofaasi muhim ahamiyatga ega”, degan Karni Kalgarida jurnalistlarga.
Kanada Boş vaziri qaysi turdagi interseptorlar yetkazib berilişi yoki yordam qaçon boşlanişi haqida aniq malumot bermagan.
Malum qilinişiça, qurol-yaroğ Ukrainaga AQŞ dasturi orqali yetkazib beriladi. Uşbu dastur uçinçi davlatlarga Ukraina uçun Patriot raketalari kabi qurollarni tezkor ravişda sotib oliş va yetkazib beriş imkonini beradi.
“Bu paket uçun sizga rahmat aytaman. Ayniqsa hozir bu biz uçun juda muhim”, degan Zelenskiy.
Kanada Ukraina Rossiya bosqinini boşlagan 2022 yil fevraldan buyon Kiyevga jami 25,5 milliard Kanada dollaridan ortiq yordam ajratgan. Uning 8,5 milliardi harbiy yordam hisobiga töğri keladi.
Karni, şuningdek, Kanada dronlar işlab çiqarişni keskin oşirişni rejalaştirayotganini malum qildi. Uning sözlariga köra, mamlakat keyingi ikki yil içida yiliga millionlab dron işlab çiqariş imkoniyatiga ega bölişni maqsad qilgan va ularning uçdan bir qismi Ukrainaga yuboriladi.
Zelenskiy esa Ukraina Rossiyaning ommaviy hujumlariga qarşi turiş uçun dronlar işlab çiqarişni yetarli darajaga yetkaziş maqsadida köproq texnologiya va moliyaviy mablağga muhtojligini aytgan.
Kanadada taxminan 1,3–1,4 million nafar ukrain kelib çiqişiga ega aholi istiqomat qiladi. Bu mamlakat dunyodagi eng yirik ukrain diasporalaridan biriga ega.
Keça, 10 sentyabr kuni imzolangan kelişuvlar doirasida Kanada Ukrainada energetika xavfsizligini, ayniqsa qiş mavsumida taminlaş uçun Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankiga qariyb 435 million Kanada dollari miqdorida yangi kredit kafolatlarini ham taqdim etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniya ham öz zaxirasidagi Amerika işlab çiqargan Patriot havo mudofaa tizimlari uçun möljallangan PAC-2 zenit raketalarining bir qismini Ukrainaga yetkazib berişi xabar qilingandi.