USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Navbat Kiyevdagi “zapravka”ga: Rossiya şoxobçani bombaladi

83 марта
Навбат Киевдаги “заправка”га: Россия шохобчани бомбалади

Bugun, 11 sentyabr kuni ertalab Rossiya qöşinlari Kiyevdagi “Ukrnafta” kompaniyasiga tegişli ikkita avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçasiga zarba berdi. Bu haqda “Ukrnafta” boşqaruvi raisi Bogdan Kukura va “Naftogaz” rahbari Sergey Fedorenkoning bayonotlariga tayanib “RBK-Ukraina“ xabar berdi.

“Bugun ertalab Rossiya reaktiv dronlari poytaxtning öng va çap sohillarida joylaşgan tarmoğimizning ikkita avtomobillarga yonilği quyiş majmuasiga birdaniga hujum qildi. Duşman obektlardan biriga ataylab takroriy zarba berdi”, degan Kukura.

Uning qöşimça qilişiça, havo hujumi xavfi haqida signal berilgaç, xodimlar va mijozlar şoxobça hududini tark etgan. Şunga qaramay, binolarda jiddiy vayrongarçiliklar va uskunalarga katta zarar yetgani qayd etilgan.

“Bu odamlarni yonilği va zarur mahsulotlar bilan taminlaydigan fuqarolik obektlariga navbatdagi qasddan berilgan zarba. Bunday hujumlarda heç qanday harbiy maqsad yöq. Bu tinç aholiga qarşi terror”, deya takidlagan “Ukrnafta” boşqaruvi raisi.

Fedorenkoning malum qilişiça, Rossiyaning reaktiv dronlari “Ukrnafta”ning Troyeşçina va Poçayna hududlaridagi ikkita yonilği quyiş şoxobçasiga hujum qilgan. Poçaynada joylaşgan şoxobçaga ikki marta zarba berilgan.

“Signal yangraşi bilan şoxobçalar faoliyatini töxtatdi, barça xodimlar va mijozlar hududni tark etdi. Bunday hujumlarda heç qanday harbiy maqsad yöq va bölişi ham mumkin emas. Bu tinç aholi va tinç odamlarga qarşi terror”, degan u.

Eslatib ötamiz, Rossiya Qurolli kuçlari ötgan tunda Ukraina data-markazlarini nişonga olgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: