Putin Yevropa davlatlarini keskin ogohlantirdi
Yevropa qöşinlarining Ukrainaga kiritilişi Rossiya bilan uruşga olib keladi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Hindistonda bölib ötayotgan BRICS sammiti doirasida jurnalistlarga malum qildi.
“Ular hozir Ukraina hududiga qöşin kiritiş haqida öylayotganini aytmoqda. Bu Rossiya bilan uruşni anglatadi“, degan u.
Putinning sözlariga köra, Yevropa aholisi öz rahbarlari mamlakatlarni mojaroga undayotganini anglab yetmoqda. Uning fikriça, bu holat Germaniyada “Germaniya uçun muqobil“ partiyasining saylovlardagi sönggi natijalarida ham öz aksini topgan.
“Menimça, hozir Yevropada umuman sodir bölayotgan barça voqealar Ğarb, Ğarb globalistlarining siyosat, xavfsizlik va iqtisodiyot sohasidagi tizimli xatolarining natijasidir“, degan Putin.
Uning aytişiça, sovuq uruş tugab, Sovet Ittifoqi parçalangaç, Ğarb davlatlari özlarini “Olimp çöqqisida“ deb his qilgan va ularga hamma narsa mumkin, degan xulosaga kelgan. Putin bu xatolar “qor uyumiday kattalaşib borganini“ takidlagan.
Rossiya Prezidenti, şuningdek, Ğarb davlatlari Kavkazdagi separatizmni bevosita qöllab-quvvatlagani va hozirgi Ukraina inqirozini yuzaga keltirganini aytgan. Moskva NATOning şarqqa kengayişini nomaqbul deb hisoblaşini köp marotaba bildirganini eslatgan.
“Rejim qonli davlat töntarişi yordamida almaştirilişi bilanoq, takror aytaman, Ukrainani NATOga olib kiriş maqsadi qöyildi. Bu, oxir-oqibat, bugungi Ukrainadagi fojiali voqealarning asl sababiga aylandi“, degan Putin.
Şu bilan birga, Putin Rossiya Yevropa davlatlariga tahdid solmayotgani va bunday qiliş niyatida ham emasligini takidladi.
“Nima sababdan? Heç kim bizning Yevropa bilan qandaydir mojaro uçun asosimiz yöqligi haqida öylamayapti. Ikkinçi jahon uruşi natijalariga köra, barça masalalar hal qilingan“, degan u.
Prezident, şuningdek, Yevropa davlatlarining energetika sohasidagi xatolari ular uçun gaz narxlarining yanada oşişiga olib kelişidan ogohlantirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi uruş davom etayotgan bir paytda NATO davlatlaridan biriga çeklangan hujum uyuştirib, alyansning qatiyatini sinab körişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.