Isroil va Livan örtasidagi Rim muzokaralari qaçon bölişi aytildi
Isroil va Livan örtasida kelasi hafta Rimda ötkazilişi rejalaştirilgan muzokaralar oktyabrga qoldirildi. Tomonlar örtasidagi muloqot AQŞ vositaçiligida davom ettiriladi. Bu haqda “Axios” AQŞ rasmiysiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilişiça, muzokaralarning qoldirilişiga yahudiylar bayramlari, Parijda Livan armiyasini qöllab-quvvatlaş böyiça konferentsiya hamda BMT Boş assambleyasiga tayyorgarlik işlari sabab bölgan. Şuningdek, AQŞ rasmiysiga köra, Isroil va Livanning Vaşingtondagi elçilari kelasi hafta AQŞ Davlat departamentida uçraşib, vaziyatni muhokama qiladi.
Bu uçraşuvlar joriy yilning iyun oyida AQŞ vositaçiligida kelişilgan doiraviy kelişuvni amalga oşiriş masalalariga bağişlanişi kutilmoqda. Kelişuv Hizbullohni qurolsizlantiriş, Isroil qöşinlarini Livan janubidan bosqiçma-bosqiç olib çiqiş va uşbu hududga Livan armiyasini joylaştirişni nazarda tutadi. AQŞ tomoni mazkur kelişuvni Livan suverenitetini tiklaş va Isroil xavfsizligini taminlaşning asosiy mexanizmi deb hisoblamoqda.
Malumot örnida, Isroil va Livan örtasidagi muzokaralar avval ham Rimda ötkazilgan. 2026 yil avgust oyidagi navbatdagi raundlarda asosiy kelişmovçiliklar Hizbullohni qurolsizlantiriş va Isroil qöşinlarining Livan janubidan çiqişi masalalari atrofida yuzaga kelgan edi.
Ayni paytda Livan janubida vaziyat hamon keskinligiça qolmoqda. AQŞ vositaçiligidagi sulh kelişuviga qaramay, sönggi kunlarda Isroil hududda harbiy amaliyotlarni davom ettirdi. Livan tomoni bu zarbalar muzokaralarga salbiy tasir qilayotganini bildirgan bölsa, Isroil esa ularni Hizbullohning qurol-yaroğ infratuzilmasiga qarşi zarur çora sifatida izohlamoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil armiyasining Livanning turli hududlariga uyuştirgan aviazarbalari oqibatida tört kişi halok bölgani, yana 20 kişi jarohat olgani xabar qilingandi.