USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Filippinda paromdagi yonğin qurbonlari soni 35 kişiga yetdi

51 марта
Филиппинда паромдаги ёнғин қурбонлари сони 35 кишига етди

Avvalroq, Filippinning Palavan provintsiyasida paromda yonğin çiqişi oqibatida kamida 5 kişi halok bölib, 87 kişi bedarak yöqolgani haqida xabar berilgan edi.  Yangilangan malumotlarga köra, yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida halok bölganlar soni 35 kişiga yetdi, 43 nafar yölovçi tirik holda topildi. Bu haqda Filippin Sohil qöriqlaş xizmati malum qildi.

Qayd etilişiça, parom bortida jami 132 kişi bölgan. Avvalroq esa yölovçilar soni 134 nafar ekani haqida xabar berilgandi. Şuningdek, 54 kişi hamon bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.

Tirik qolgan yölovçilar yonğin boşlanişidan oldin kuçli portlaş ovozini eşitganini aytgan. Hodisa Filippinning ğarbiy qismidagi Palavan provintsiyasida joriy yilning 9 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:45 atrofida Koron şahri yaqinida sodir bölgan.

Qutqaruvçilar qalin tutun va kuçli issiqlik sababli parom bortiga darhol çiqa olmagan. Ular keça, 11 sentyabr kuni kemani tekşirişga muvaffaq bölgan va 30 kişining jasadini topgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Bali qirğoqlari yaqinida bortida 100 dan ortiq yölovçi, önlab avtomobil va mototsikllar bölgan parom yonib ketgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: