Filippinda 134 nafar yölovçisi bor parom yonib ketdi. Qurbonlar bor
Filippinning Palavan provintsiyasida paromda yonğin çiqişi oqibatida kamida 5 kişi halok böldi, 87 kişi bedarak yöqoldi. Bu haqda Filippin Sohil qöriqlaş xizmati malum qildi.
Qayd etilişiça, hodisa keça, 9 sentyabr kuni keçqurun MV June Aster paromida Koron munitsipaliteti qirğoğidan taxminan 2,2 kilometr uzoqlikda bölganida sodir bölgan. Kema Maniladagi Baseko hududidan yölga çiqib, Koron tomon ketayotgan bölgan.
Kema röyxatida jami 134 kişi, jumladan, 117 ta yölovçi va 17 nafar ekipaj azosi bölgan. Sohil qöriqlaş xizmatining malumotlariga köra, 42 kişi, jumladan, 38 ta yölovçi va 4 nafar ekipaj azosi qutqarilgan.
Sohil qöriqlaş xizmati tarqatgan kadrlarda paromning alanga içida qolgani, qutqaruvçilar esa halok bölganlarning jasadlarini maxsus qoplarga solib, qirğoqqa olib çiqayotgani aks etgan.
Sohil qöriqlaş xizmati kapitani Noemi Kayabyabning aytişiça, hozirgi malumotlarga köra, qutqarilgan 42 kişi va halok bölganlar hisobga olingaç, 87 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.
Uning qayd etişiça, qidiruv-qutqaruv işlari davom etayotgani sababli qurbonlar va bedarak yöqolganlar soni özgarişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Bali qirğoqlari yaqinida bortida yuzdan ortiq yölovçi, önlab avtomobil va mototsikllar bölgan parom yonib ketgan edi.