USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qirğizistonda yoşlarni teatr va muzeylarga majburan olib boriş taklif qilindi

40 марта
Қирғизистонда ёшларни театр ва музейларга мажбуран олиб бориш таклиф қилинди

Qirğizistonda 1,8 milliondan ortiq maktab öquvçisi va talabani yiliga 4 marta teatr, kontsert yoki muzeyga olib borişni majburiy qiliş taklif etilmoqda. Bu haqda “Time.kg” xabar berdi.

Qayd etilişiça, hozirda tegişli taklif Prezident farmoni loyihasiga kiritilgan va hujjat jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan. Qirğiziston Madaniyat, axborot va yoşlar siyosati vazirligi uşbu taşabbusni 2-3 yildan beri ilgari surib kelayotganini malum qilgan.

Vazirlik yoşlarning madaniy tadbirlarga muntazam borişini yölga qöyişni taklif qilmoqda. Taşabbus mualliflari bunday taklifni yoşlarning internet va kompyuter öyinlariga köproq vaqt ajratayotgani bilan izohlagan. Ularning fikriça, yoşlarni sanat va madaniyatga köproq jalb qiliş kerak.

Taklifga köra, har bir maktab öquvçisi va talaba yiliga ikki marta teatr yoki kontsertga, yana ikki marta muzeyga boradi. Yani bir kişi yiliga jami törtta madaniy tadbirda qatnaşadi.

Hisob-kitoblarga köra, teatr yoki filarmoniyaga bir marta boriş uçun örtaça 300 som sarflanadi. Ikki taşrif uçun 600 som, muzeyga ikki marta boriş uçun esa 200 som ajratilişi rejalaştirilgan. Şu tariqa, bir öquvçi yoki talaba uçun yiliga 800 som sarflanişi közda tutilmoqda.

Dastur jami 1 821 633 kişini qamrab olişi rejalaştirilgan. Ularning 1 536 633 nafari umumtalim maktablari öquvçilari, 187 ming nafari oliy talim muassasalari talabalari va 98 ming nafari örta maxsus talim muassasalari talabalaridir.

1 821 633 kişining har biriga yiliga 800 somdan ajratilsa, dastur uçun umumiy xarajat qariyb 1,46 milliard somni taşkil qiladi.

Bildirilişiça, dasturni moliyalaştiriş Talim vazirligi hamda Fan, oliy talim va innovatsiyalar vazirligi orqali amalga oşirilişi kutilmoqda. Taşriflar röyxatlar asosida hisobga olinadi. Mablağlarni esa teatr, filarmoniya va muzeylarning hisob raqamlariga yoki raqamli tizim orqali bevosita öquvçi va talabalarga ötkaziş taklif etilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi raisi Odilbek Qosimaliyev Madaniyat vazirligiga milliy uslubdagi yangi forma dizaynini işlab çiqişni topşirgan va mazkur milliy liboslarni barça davlat xizmatçilari kiyişi kerakligini aytgandi.

Изоҳ қолдириш

    • Bobur 22 Sentyabr 2026 12:12
      To'g'ri fikr maktab davrida majburiy qilish kerak buni bizda ham joriy qilish kerak. Foydasini katta bo'lganida tushunishadi. Maktab o'quvchilari uchun tekin qilish kerak sababi hamma ota onani ham imkoniyati bo'lmaydi.

Мавзуга алоқадор: