USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Si Tszinpin 7 yildan söng BRIKS sammiti uçun Hindistonga bordi

70 марта
Си Цзиньпин 7 йилдан сўнг БРИКС саммити учун Ҳиндистонга борди

Xitoy raisi Si Tszinpin BRIKS davlatlari rahbarlari sammitida iştirok etiş va Hindiston Boş vaziri Narendra Modi bilan uçraşiş uçun Nyu-Dehliga bordi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Si Tszinpinning Hindistonga taşrifi sönggi 7 yil içidagi birinçisi böldi. Uning safari 2020 yilda Himolay toğlaridagi bahsli çegara hududida yuz bergan va ikki davlat munosabatlariga jiddiy zarar yetkazgan harbiy töqnaşuvdan keyin Xitoy va Hindiston aloqalarini ehtiyotkorlik bilan tiklaşga urinayotgan bir paytga töğri kelmoqda.

2020 yildagi töqnaşuvda 20 nafar hindistonlik va 4 nafar xitoylik harbiy halok bölgan edi. Şundan söng ikki davlat örtasidagi munosabatlar keskinlaşib, çegarada harbiy kuçlar va infratuzilma kuçaytirildi.

Qayd etilişiça, Si Tszinpin Nyu-Dehliga yetib kelgaç, qizil gilam töşalgan rasmiy marosim bilan kutib olingan. Hindistonlik ayollar ananaviy raqslar ijro etib, Xitoy rahbariga hurmat körsatgan.

Si Tszinpin va Narendra Modining uçraşuvi taşrifning asosiy voqealaridan biri bölişi kutilmoqda. Xitoy Taşqi işlar vazirligi vakilining malum qilişiça, ikki davlat rahbarlarining 12 sentyabr oqşomidagi uçraşuvi sönggi uç yil içidagi uçinçi uçraşuv böladi.

Xitoy Taşqi işlar vazirligi vakili Pekin Hindiston bilan munosabatlarga strategik va uzoq muddatli nuqtai nazardan yondaşişga tayyorligini bildirgan. Uning takidlaşiça, tomonlar örtasidagi kelişmovçiliklarni töğri boşqariş, yaxşi qöşni va döstlar, şuningdek, bir-birini qöllab-quvvatlovçi hamkorlar böliş muhim.

Malumot uçun, BRIKS taşkiloti tarkibiga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, Misr, Efiopiya, Indoneziya, Eron va Birlaşgan Arab Amirliklari kiradi. Taşkilotning bu safargi sammiti geosiyosiy keskinlik kuçaygan şaroitda ötkazilmoqda. Xususan, AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi, Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş hamda uşbu mojarolarning jahon energetikasi, savdo va transport tizimlariga tasiri BRIKS kun tartibidagi asosiy masalalardan bölişi kutilmoqda.

Si Tszinpinning taşrifi şuningdek, dunyodagi demografik jihatdan ikki eng yirik davlat – Xitoy va Hindiston örtasidagi munosabatlarni normallaştiriş jarayoni uçun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ikki davlat örtasida çegara masalasi, savdo va strategik raqobat böyiça kelişmovçiliklar saqlanib qolayotgan bölsa-da, sönggi davrda Pekin va Nyu-Dehli aloqalarni barqarorlaştirişga harakat qilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq uşbu ikki mamlakat yetakçilarining oxirgi uçraşuvi joriy iylning 1 sentyabr kuni Qirğizistonning Bişkek şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotining 25 yilligiga bağişlangan sammitda bölib ötgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: