Bolgariyada qurol-yaroğ omborida portlaş yuz berdi
Bolgariyaning markaziy qismidagi qurol-yaroğ saqlanadigan hududda portlaş bölib, hodisa sababli mamlakatdagi öq-dori omborlaridan birida yonğin çiqdi. Bu haqda mamlakatning mahalliy OAVsi xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa keça 11 sentyabrga keçasi Tsareva Livada qişloği yaqinida sodir bölgan. Yonğin vaqtida heç kim jarohatlanmagani malum qilingan. Mahalliy OAV tarqatgan videolarda yonğin tungi osmon yorişgani aks etgan.
Gabrovo viloyati gubernatori Kristina Sidorova jurnalistlarga yonğin zavodning omborlar joylaşgan hududida boşlanganini va bir ombordan boşqasiga tarqalayotganini aytgan.
Mahalliy OAV xabarlariga köra, yonğin qurol-yaroğ savdosi bilan şuğullanuvçi EMCO kompaniyasiga tegişli hududda sodir bölgan. Kompaniya vakili esa ötgan oy uning boşqa obektida ham portlaş yuz berganini bildirgan.
Malumot uçun, EMCO kompaniyasini bolgariyalik qurol-yaroğ savdogari Emilian Gebrev boşqaradi. Bolgariya prokuraturasi avvalroq uning obektlari Rossiya tezkor xodimlari tomonidan uyuştirilgan hujumlarning nişoni bölganini taxmin qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Suriyaning Idlib viloyatidagi Sarmada şahri yaqinida qurol-yaroğ va uruşdan qolgan portlovçi vositalar vaqtinça saqlanadigan omborda portlaş sodir bölgani haqida xabar berilgan edi.