Saudiya dron hujumi ortidan asosiy neft quvurini yopdi
Saudiya Arabistoni muhim neft quvuri dronlar hujumiga uçraganidan söng mamlakatning Şarq-Ğarb neft quvurini vaqtinça yopdi. Bu haqda mamlakat Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, 1,2 ming kilometr uzunlikdagi quvur Arabiston yarimoroli orqali ötib, Saudiyaga neft tankerlari harakati keskin çeklangan Hormuz böğozini çetlab ötiş imkonini bergan. Saudiya Energetika vazirligi quvur xavfsizlik çorasi sifatida yopilganini malum qilgan. Sönggi oylarda uşbu quvur orqali kuniga 4–5 million barrel neft taşilgan bölib, bu jahon neft taminotining taxminan 4–5 foiziga teng.
Quvurga hujum 10 sentyabr kuni Ar-Riyod va Madina mintaqalarida sodir bölgan. Saudiya va Iroq hukumati dronlar hujumi Iroq hududidan amalga oşirilganini bildirgan. Hujum uçun kim masul ekani hozirça aniq emas.
Sputnik tasvirlarida Madina janubidagi quvur hududidan qora tutun kötarilayotgani köringan. Saudiya Taşqi işlar vazirligi hujum oqibatida ayrim odamlar jarohatlanganini va yetkazilgan zarar baholanayotganini malum qilgan.
Hodisadan söng Iroq hukumati mintaqaviy harbiy qömondonni lavozimidan çetlatdi. Iroq Boş vaziri idorasiga köra, u Eron bilan çegaradoş Mayson viloyatidagi harbiy operatsiyalarga rahbarlik qilgan. Mazkur hududda Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan şia qurolli guruhlari tasiri mavjud.
Saudiya hozirça hujumga harbiy javob qaytarmaslikka qaror qilgan. Bu qaror Iroq Boş vazirining iltimosidan söng qabul qilingan, biroq Ar-Riyod öz manfaatlarini himoya qiliş uçun zarur barça çoralarni köriş huquqini saqlab qolganini bildirgan.
Ayni paytda Yamandagi Eronga yaqin husiylar Qizil dengizdagi tasirini kuçaytirmoqda. “Reuters” suhbatlaşgan Yaman hukumati manbalariga köra, Husiylar Qizil dengizga kirişdagi strategik Perim orolini egallab olgan. Perim oroli Bab-al-Mandab böğozida joylaşgan. Uning qölga kiritilişi husiylarga Qizil dengiz orqali ötadigan kemalar harakatiga bosim ötkaziş uçun yanada katta imkoniyat berişi mumkin.
Quvurga hujum va Perim orolining egallanişi mintaqadagi vaziyatning jiddiy keskinlaşuviga olib kelişi mumkin. Hormuz böğozidagi tankerlar harakati ham AQŞ va Eron örtasidagi olti oylik uruş tufayli keskin kamaygan.
Husiylarning Qizil dengizdagi faolligi va Hormuz böğozidagi uzilişlar Arabiston yarimorolining har ikki tomonida energiya taminotiga bosimni kuçaytirdi. Buning ortidan jahon bozorida neft narxi yana bir barrel uçun 100 dollardan oşdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya Arabistoniga Yamandagi Eron qöllab-quvvatlayotgan husiylar tomonidan uyuştirilgan hujumlar oqibatida kamida 73 kişi jarohatlangandi.