Demokratlar fitnasi: AQŞda saylov oldidan musulmonlarga qarşi ritorika kuçaymoqda
AQŞda joriy yilning noyabr oyidagi oraliq saylovlar yaqinlaşar ekan, ayniqsa Respublika partiyasi vakillari tomonidan musulmon siyosatçilarga qarşi islomofobik bayonotlar kuçaymoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilişiça, bu jarayon Miçigan ştatidan Demokratik partiyaning Senat saylovida Abdul Al-Sayid ğalaba qozonganidan keyin yanada avj olgan. Xususan, Respublikaçi senator Tommi Tubervill uni Vaşingtonga “terrorist” yuborişga ovoz berilganini aytgan va Al-Sayidni “radikal islomçi” deb atagan.
Tadqiqotçilar buni 11 sentyabr teraktlaridan keyingi davrdan buyon AQŞda saylovlar oldidan kuzatilgan musulmonlarga qarşi eng kuçli ritorika tölqini sifatida baholamoqda. AQŞda musulmonlarga qarşi kayfiyatni örganuvçi Institute for Social Policy and Understanding (ISPU) tadqiqotçisi Saher Selod 2025–2026 yillardagi islomofobik reklama hujumlari 11 sentyabrdan keyingi davrdagidan ham kuçli ekanini aytgan.
ISPU malumotlariga köra, musulmonlarga qarşi stereotiplar asosida tuziladigan Islomofobiya indeksi 2022 yildagi 25 balldan 2025 yilda 33 ballga kötarilgan. Pew Researç Center söroviga köra esa, bugun AQŞda kattalarning 51 foizi Islom boşqa dinlarga qaraganda zöravonlikni rağbatlantirişi ehtimoli yuqori deb hisoblaygan.
Naşrga köra, ayni paytda musulmon amerikaliklarning siyosiy yutuqlari ham kuçaymoqda. Hozir AQŞ Kongressida 4 nafar musulmon azo bor, yana bir nomzod saylanişi kutilmoqda. Ğazala Hoşimiy Virjiniya tarixida ştat miqyosida lavozimga saylangan birinçi musulmon ayol böldi, Zohran Mamdani esa 2025 yil yanvarda Nyu-Yorkning birinçi musulmon meriga aylangan.
Malum qilinişiça, Al-Sayidning ğalabasidan keyin unga nisbatan islomofobik postlar soni bir hafta içida qariyb 1900 foizga oşgan. Ular kuniga örtaça 155 tadan 3000 tadan köproqqa yetgan.
Hattoki, AQŞ Prezidenti Donald Tramp ham Al-Sayidni “jihodçi” deb atagan va “jihodçilar” mamlakat böylab davlat lavozimlariga saylanayotganini aytgan. Vitse-prezident Jey Di Vens esa uni “juda-juda yovuz” deb atagan.
Respublikaçi senator Ted Kruz Al-Sayid va Mamdanini “islomçilar” deb atab, ular şariat qonunlarini istaşini aytgan. Kongress azosi Nensi Meys esa AQŞda davlat lavozimidagi har bir musulmonni milliy xavfsizlik va respublika uçun tahdid deb atagan. Florida vakili Rendi Fayn “köproq islomofobiya kerak” degan bölsa, Tennessi vakili Endi Ogls “musulmonlar Amerika jamiyatiga tegişli emas” deb yozgan.
Respublika partiyasi rahbariyati esa bu bayonotlarga asosan munosabat bildirmagan.
Bildirilişiça, islomofobik ritorika siyosatçilarning alohida bayonotlari bilan çeklanib qolmayapti. Texas gubernatori Greg Ebbott ham islom qonunlari joriy etilişiga qarşi çiqib, musulmonlar namozdan oldin tahorat oladigan maxsus joylar taşkil etilgani bilan boğliq masalalarni kötargan va qoralagan. Şuningdek, u Dallas yaqinida masjid atrofida qurilişi rejalaştirilgan turar joy majmuasiga qarşi çiqqan.
Center for the Study of Organized Hate malumotlariga köra, 13 oy davomida 89 nafar saylangan amaldor iştirokida musulmonlarga qarşi 1111 ta ijtimoiy tarmoq posti va 8 ta qonun loyihasi bilan boğliq muvofiqlaştirilgan kampaniya qayd etilgan.
Şu bilan birga, tadqiqotçilar Al-Sayid va Mamdaniga bildirilgan har qanday tanqidni islomofobiya deb baholamaslik kerakligini takidlamoqda. Masalan, Al-Sayid Dirborn yaqinidagi sinagogaga qilingan hujumdan keyin bildirgan ayrim fikrlari uçun tanqid qilingan va keyinçalik uzr söragan. Mamdani esa “global intifada” şiorini bir manoda qoralamagani uçun tanqidga uçragan.
Tadqiqotçilarning fikriça, muammo musulmon siyosatçilarning diniy etiqodi ularning siyosiy qaraşlari va dasturlaridan ustun qöyilayotganida. Selodning takidlaşiça, Al-Sayidga nisbatan hujumlarda uning siyosiy platformasi emas, aynan diniy şaxsiyati nişonga olinmoqda.
Tadqiqotçilar islomofobik kayfiyat siyosiy qaraşlar bilan boğliq ekanini ham qayd etmoqda. ISPU malumotlariga köra, konservativ qaraşdagi amerikaliklar musulmonlarga qarşi stereotiplarni qöllab-quvvatlaş ehtimoli boşqalarga qaraganda 13 foizga yuqori.
Mutaxassislar Respublika partiyasidagi reytinglarning pasayişi va noyabr saylovlarida ehtimoliy yöqotişlar fonida musulmonlarga qarşi ritorika saylovçilar etiborini boşqa masalalardan çalğitiş vositasi sifatida qöllanilayotgan bölişi mumkinligini ham qayd etigan. Respublikaçilar şuningdek, bugungi kunda ommabopligi past bölgan Eron uruşi va aholi xarajatlarining oşib borayotgani bilan boğliq muammolarga duç kelmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp joriy yilning noyabr oyidagi Kongress saylovlarida respublikaçilar nazoratni saqlab qolsa, har bir katta yoşli amerikalikka 5 ming dollardan “Tramp dividendi” tölaşni vada qilgandi.