Har bir amerikalikka $5000: Tramp saylovçilarni pul bilan manipulyatsiya qilmoqçi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp joriy yilning noyabr oyidagi Kongress saylovlarida respublikaçilar nazoratni saqlab qolsa, har bir katta yoşli amerikalikka 5 ming dollardan “Tramp dividendi” tölaşni vada qildi. Bu haqdagi taklifni Tramp keça, 9 sentyabr kuni Respublika partiyasining birinçi marta ötkazilgan oraliq saylovlar konventsiyasida bildirdi.
Biroq mablağ qanday tartibda tölanişi va bunday tölovlarni amalga oşiriş qonuniy jihatdan mumkin yoki mumkin emasligi hozirça aniq emas. AQŞda katta yoşli aholi soni taxminan 270 million nafarni taşkil etadi. Şu sababli Tramp taklif qilgan tölovlarning umumiy qiymati qariyb 1,35 trillion dollarga yetişi mumkin.
Prezident konventsiyada 1 soat 45 daqiqa davomida nutq sözlab, prezidentlik faoliyatining dastlabki ikki yilini “prezidentlik tarixidagi eng buyuk ikki yil” deb atagan. Şu tariqa u oraliq saylovlar oldidan özini respublikaçilar kampaniyasining markaziga qöygan.
Biroq Trampning saylovoldi uslubidagi nutqi mustaqil saylovçilarni qay darajada jalb qilişi nomalum. Sotsiologik sörovlar hayot qimmatlaşişi va Eron uruşi tufayli saylovçilar orasida respublikaçilarni qöllab-quvvatlaş pasayganini körsatmoqda.
“Amerika kelajagini radikal söl demokratlarga topşirsak, mamlakatimiz keyingi ön yilni endigina oyoqqa turişga sarflaydi. Respublikaçilarga ovoz bering va biz dunyoni avlodlar davomida ortda qoldiramiz”, degan Tramp.
Dallasda ikki kun davomida ötayotgan konventsiya 3 noyabr kuni bölib ötadigan oraliq saylovlar oldidan Respublika partiyasining Trampga qançalik boğlanib qolganini ham körsatmoqda. Tadbir Respublika milliy qömitasi raisi Jo Gruters tomonidan norasmiy ravişda “Trumpapalooza” deb atalgan. Bu nom maşhur “Lollapalooza” musiqa festivaliga işora qiladi.
Trampning reytinglari rekord darajada pasaygan bir paytda uni partiyaning asosiy saylovçilarini yana safarbar qila olişiga umid boğlaş respublikaçilar uçun xavfli qaror sifatida baholanmoqda. Prezident saylov kunigaça qolgan 8 hafta davomida hal qiluvçi ştatlar va okruglarga bir neça bor borişini aytgan.
“Men byulletenda bordek tasavvur qilişingizni sörayman”, degan Tramp.
Ayrim respublikaçi nomzodlar esa Prezidentdan masofa saqlaşni maqul körgan. Qator raqobatli saylovlarda iştirok etayotgan nomzodlar, jumladan Miçigan vakili Tom Barrett, Alyaska senatori Den Sallivan va Men senatori Syuzan Kollinz konventsiyada qatnaşmagan.
Şu bilan birga, kamida 16 nafar raqobatli Palata va Senat saylovlaridagi nomzodlar Dallasda sözga çiqişi rejalaştirilgan. Ular orasida Trampning yaqin ittifoqçisi, Texas boş prokurori Ken Pakston va Ogayo senatori Jon Xyusted ham bor.
Demokratlarga qarşi tanqidlar kuçaydi
Konventsiyadagi dastlabki çiqişlarda asosiy etibor demokratlarni tanqid qilişga qaratildi. Respublikaçilar ularni transgender ayollarning sportda iştiroki va çegara xavfsizligi kabi masalalarda “sotsialistlar” va “kommunistlar” deb atagan. Şu bilan birga, saylovçilar uçun eng dolzarb mavzulardan biri bölgan Eron uruşi va hayot qimmatlaşişiga nisbatan kamroq etibor qaratilgan.
Alabama ştati vakili Erni Yarbro Tramp saylovçilarga Erondagi uruş qança davom etişi va mamuriyatning aniq maqsadlari nimadan iborat ekanini tuşuntirişi kerakligini aytgan. Tramp esa Tehronga qarşi harbiy zarba beriş qarorini Eronning yadroviy qurol yaratişiga yöl qöymaslik zarurati bilan izohladi. Şuningdek, Eron bilan uruşda AQŞ ğalaba qozonişi bilan neft narxi tuşişini vada qildi.
Biroq AQŞ va Isroil Eronga qarşi zarbalar boşlaganidan olti oydan ortiq vaqt ötgan bölsa-da, mojaroning yakunlanişi hozirça körinmayapti. Tahlilçilar Eronning yadroviy dasturi yöq qilinmaganini bildirgan, Tehron esa yadroviy qurol yaratişga intilmayotganini takidlamoqda.
Kongress saylovlari har 2 partiya uçun muhim ahamiyatga ega. Saylovlarga ikki oydan kam vaqt qolgan bir paytda respublikaçilar Kongress palatalaridan kamida birida nazoratni yöqotiş xavfiga duç kelmoqda. Sotsiologik sörovlar esa demokrat saylovçilarning ovoz berişga qiziqişi yuqoriroq ekanini körsatmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Oq uydagi 4 nafar xodimiga bayram munosabati bilan jami 155 ming dollar miqdorida pul sovğa qilgani xabar qilingandi.