Tramp Xitoyni AQŞ prezidentlik saylovlariga aralaşganlikda aybladi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Xitoyni Amerika saylovlariga aralaşişda yana bir bor aybladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Tramp 16 iyul kuni respublikaçilar noyabr oyidagi Kongress saylovlariga tayyorlanayotgan bir paytda saylov tizimi va uning boşqarilişi haqidagi tanqidlarini yana takrorlagan. U asosiy etiborni Xitoyga qaratib, Pekin millionlab amerikalik saylovçilar haqidagi malumotlarni noqonuniy tarzda qölga kiritganini iddao qilgan. Bu ayblovni Xitoy avval ham rad etgandi.
Manbaga köra, mazkur bayonot Vaşingtonda ikki oydan söng ötkazilişi rejalaştirilgan sammit arafasida Tramp va Xitoy rahbari Si Tszinpin örtasidagi nozik munosabatlarga salbiy tasir körsatişi mumkin.
“Bu malumotlarning yöqotilişi saylov xavfsizligi uçun misli körilmagan tahdiddir”, degan Tramp.
Xitoy Taşqi işlar vazirligi bu bayonot yuzasidan hozirça izoh bermagan. Undan avval Xitoyning Vaşingtondagi elçixonasi vakili Lyu Çan Pekin “heç qaçon AQŞ prezidentlik saylovlariga aralaşmagan va bunday qilmaydi”, degan edi.
Tramp Si Tszinpin bilan şaxsiy munosabatlari yaxşi ekanini köp bor takidlab kelgan bölsa-da, bu safar Xitoyga nisbatan şaxsiy noroziligini ham yaşirmadi.
“Xitoy hukumati keyingi saylovda AQŞ Prezidenti mağlub bölişini istagan. Ular mening yutqazişimni xohlaşdi, çunki men ularning niyatlarini yaxşi bilardim”, degan u.
Praym-taymda qilingan uşbu murojaat Trampning sönggi vaqtlarda Pekin haqida aytgan nisbatan yumşoq fikrlaridan keskin farq qildi. Kuzatuvçilarning fikriça, bu çiqiş dunyoning ikki yirik iqtisodiyoti örtasida ötgan yiligi savdo uruşi töxtatilganidan keyin erişilgan murosaga ham putur yetkazişi mumkin.
Oq uy ham Trampning bayonoti AQŞ–Xitoy munosabatlariga qanday tasir qilişi haqida izoh bermagan.
Pekindagi dastlabki baholaşlardan xabardor manbaning sözlariga köra, Trampning nutqi taşqi siyosatni özgartirişdan köra, içki siyosiy maqsadlarga xizmat qiliş uçun möljallangan.
Şuningdek, Trampning 25 daqiqalik nutqida Xitoyga qarşi yangi jazo çoralarini qöllaşga çaqiriq bölmagani ham Pekinning munosabatini yumşatişi mumkin.
Bu Trampning Xitoyni saylovlarga aralaşişda birinçi marta ayblaşi emas. U bundan avval ham 2020 yilgi prezidentlik saylovlari soxtalaştirilgani haqidagi isbotlanmagan davolarini asoslaş uçun şunday ayblovlarni bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp joriy yilning 13–15 may kunlari Xitoyga davlat taşrifi bilan borgan edi.