Tramp Tszinpin bilan uçraşdi
30-10-2025, 09:14
143 марта

Tramp Tszinpin bilan uçraşdi
Bugun, 30 oktyabr kuni Janubiy Koreyaning Pusan şahridagi Kimxe harbiy aviabazasida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin va AQŞ Prezidenti Donald Trampning uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.Amerikalik rahbar xitoylik hamkasbini kutib olib, Pekin va Vaşington köplab masalalarda kelişuvga erişgani hamda bu yönalişda sammit davomida ham iş olib borilişini takidlagan.
“Biz ayrim masalalarni muhokama qilamiz. Biz köp narsalarda kelişib oldik, ayrim masalalarda esa hozir kelişamiz”, degan Oq uy rahbari.
AQŞ Prezidenti, şuningdek, Xitoy bilan savdo bitimi aynan şu uçraşuv yakunida imzolanişi mumkinligini istisno qilmagan. U har doim Si Tszinpin bilan yaxşi munosabatlarda bölganini qayd etgan.
“Rais Si – buyuk davlatning buyuk yetakçisi. Işonamanki, biz uzoq yillar davomida ajoyib munosabatlarga ega bölamiz”, deya qöşimça qilgan Tramp.