USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Trampning reytingi rekord darajada pastladi

68 марта
Трампнинг рейтинги рекорд даражада пастлади

AQŞ Prezidenti Donald Trampning faoliyatini qöllab-quvvatlovçi amerikaliklar uluşi rekord darajada pasayib, 33 foizni taşkil etdi. Respublikaçilar orasida ham uning qöllab-quvvatlaş darajasi 72 foizga tuşdi. Bu haqda “Finansial Times” xabar berdi.

Qayd etilişiça, sörovda qatnaşganlarning qariyb uçdan ikki qismi AQŞ iqtisodiyoti notöğri yönalişda harakatlanayotganini bildirgan. Respondentlarning 57 foizi esa Donald Tramp prezidentligi davrida moliyaviy ahvoli yomonlaşganini aytgan.

Prezidentning iqtisodiy siyosatini qöllab-quvvatlayotgan respublikaçilar uluşi ham bir oy avvalgi körsatkiçga nisbatan qariyb 8 foiz punktga kamayib, 53 foizni taşkil etgan.

Oq uyning savdo siyosati ham saylovçilar orasida norozilik uyğotmoqda. Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etilişini söralganlarning 56 foizi qöllab-quvvatlamagan. Bu çoraga mustaqil saylovçilarning 60 foizi va respublikaçilarning qariyb uçdan bir qismi ham qarşi çiqqan.

Tramp reytingidagi pasayiş Kongressga oraliq saylovlariga ikki oydan kam vaqt qolgan paytga töğri kelmoqda. Tadqiqot iştirokçilarining qariyb 46 foizi prezidentning saylov kampaniyasida faol iştirok etişi respublikaçi nomzodlarning imkoniyatlarini murakkablaştirişini aytgan.

AQŞda oraliq saylovlar joriy yilning 3 noyabr kuni ötkaziladi. Unda Vakillar palatasining barça 435 örni hamda Senatdagi örinlarning taxminan uçdan bir qismi uçun saylov bölib ötadi.

Ayni paytda Kongressning har ikki palatasida respublikaçilar köpçilikni taşkil etadi. Saylov natijalari Donald Tramp prezidentlik muddatining sönggi ikki yilida siyosiy kuçlar nisbatini belgilab beradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ federal sudyasi Donald Tramp mamuriyatining tuğiliş orqali fuqarolik oliş huquqini çeklaşga qaratilgan yangi farmoni ijrosini töxtatgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: