Tramp Eronga Xitoy yordami haqidagi xabarni rad etdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eronga qarşi hujumdan oldin Xitoydagi ayrim taşkilotlar Tehronga Iordaniyadagi AQŞ harbiy bazasi haqida suniy yöldoş tasvirlarini taqdim etgani haqidagi xabarni jiddiy qabul qilmadi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
“The Wall Street Journal” naşri AQŞlik rasmiylarga tayanib, Xitoydagi taşkilotlar joriy yilning iyul oyida Iordaniyadagi AQŞ bazasiga qilingan hujumdan oldin Eronga uşbu baza töğrisida suniy yöldoş tasvirlarini bergani haqida xabar tarqatgandi. Hujum oqibatida uç nafar amerikalik harbiy halok bölgandi.
Trampdan Xitoy rahbari Si Tszinpin bilan bölajak uçraşuvida uşbu masalani kötariş-kötarmasligi söralganda, u savolga töğridan-töğri javob bermadi. Prezident ikki davlat ham bir-birini kuzatiş bilan şuğullanişini aytgan.
“Biz ham ularni kuzatamiz”, degan Tramp.
“The Wall Street Journal” maqolasida suniy yöldoş tasvirlarini taqdim etgan Xitoydagi aniq taşkilotlar nomi keltirilmagan. Şuningdek, naşr ularning harakatlarida Xitoy hukumati bevosita iştirok etganini davo qilmagan.
Tramp Xitoy bilan munosabatlari yaxşi ekanini takidlab, har ikki davlat ham özini töğri tutganini qayd etgan.
Malumot uçun, Tramp va Si Tszinpinning uçraşuvi joriy yil 24 sentyabr kuni AQŞda ötkazilişi rejalaştirilgan. Biroq Xitoy tomoni uçraşuvni hozirça rasman tasdiqlamagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Xitoyni Amerika saylovlariga aralaşişda yana bir bor ayblagandi.