Şimoliy Koreya ballistik raketa uçirilişini “öt oçiş hujumi” deb atadi
Şimoliy Koreya avval xabar qilingan qisqa masofali ballistik raketa uçirilişlari artilleriya va raketa bölinmalari iştirokidagi jonli öq otiş maşğulotlari doirasida amalga oşirilganini bildirdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) xabar berdi.
Agentlikka köra, maşğulotda armiyaning 5 ta bölinmasi iştirok etgan. Unda zarba beruvçi dronlar, taktik qanotli va ballistik raketalar, şuningdek, yirik kalibrli köp stvolli reaktiv tizimlar qöllangan.
Şimoliy Koreya maşğulotni “qöşma öt oçiş hujumi” deb atagan. Uning maqsadi harbiylarning ruhiy holatini mustahkamlaş va jangovar tayyorgarlik darajasini oşiriş bölgan.
Janubiy Koreya harbiylari avvalroq Şimoliy Koreya şarqiy dengiz tomon bir neçta qisqa masofali ballistik raketa uçirganini malum qilgandi. Raketalar qariyb 250 kilometr masofani bosib ötgan.
Maşğulotlar Janubiy Koreya, AQŞ va Yaponiya iştirokidagi 5 kunlik qöşma harbiy maşğulotlar yakunlanganidan keyin ötkazilgan. Uşbu maşğulotlar Şimoliy Koreyaning raketa va boşqa harbiy tahdidlariga qarşi tayyorgarlikni sinovdan ötkazişga qaratilgan.
Kyonnam universiteti professori Im Il Çxulning fikriça, maşğulot Şimoliy Koreyaning turli qurol tizimlarini yagona qömondonlik ostida muvofiqlaştirib, kompleks zarba beriş imkoniyatini namoyiş etgan.
Malumot uçun, bu Şimoliy Koreyaning 2026 yilda ballistik raketalar bilan boğliq qayd etilgan 13-faoliyati böldi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Pentagonga Janubiy Koreya bilan qöşma harbiy maşğulotlarni “sezilarli darajada qisqartiriş”ni buyurgandi.