Isroil vaziri Ğazo haqidagi “NAZA” filmi rejissyorlariga keskin tahdid qildi
Isroil Madaniyat vaziri Miki Zoar Ğazodagi ommaviy tinç aholi ölimi haqidagi isroillik kinoijodkorlar tomonidan işlangan “NAZA” hujjatli filmi rejissyorlari Yuval Avraham va Reyçel Zorni davlatga xiyonatda ayblab, ularni Isroil fuqaroligidan mahrum qilişga çaqirdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Naşr hamkorligida işlab çiqarilgan “NAZA” filmi Isroil razvedka xizmatida qöllanadigan qisqartma nomi bilan atalgan bölib, u Ğazoga berilgan havo zarbasi oqibatida qança tinç aholi halok bölişi kutilgani hamda buni qanday amalga oşirilgani haqida sözlaydi.
Filmda isroillik rejissyorlar Isroil armiyasi va razvedka xizmatlarida işlagan 24 nafar malumot beruvçi bilan suhbatlaşgan. Ular Ğazoni bombardimon qilişda qöllanilgan suniy intellektga asoslangan nişonga oliş tizimlari va ular oqibatida ön minglab tinç aholi halok bölgani haqida malumot bergan.
Filmdagi suhbatlardan birida manba bir nafar HAMAS azosini öldiriş uçun 500 nafar tinç aholining ölimiga ruxsat berilganini davo qilgan.
80 daqiqalik hujjatli film joriy iyl 12 sentyabr kuni Venetsiya kinofestivalida maxsus hakamlar hayati sovriniga sazovor böldi. Film namoyişidan keyin 25 daqiqalik olqişlar yangragani festival rekordi bölgandi.
Naşrning qayd etişiça, keça, 13 sentyabr kuni Miki Zoar ijtimoiy tarmoqda rejissyorlarni “dunyodagi antisemitlar olqişini oliş uçun öz vataniga zarar yetkazişga tayyor” bölganlikda ayblagan.
“Men bu jirkanç ijodkorlarni davlatga xiyonat qilgani uçun Isroil fuqaroligidan mahrum qilişni zudlik bilan boşlayman”, deb yozgan Zoar ijtimoiy tarmoqda.
Şuningdek, Isroilning boşqa vazirlari ham rejissyorlarga qarşi çiqqan. Öta öngçi Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir ularni «”utun Isroil xalqi uçun şarmandalik va uyat” deb atagan hamda HAMAS ularni “oçiq qöllar bilan kutib olişini” aytgan.
Malumot uçun, film rejissyorlari Avraham va Zor 2025 yilda Ğarbiy sohildagi Isroil köçirib keltiruvçilari zöravonligi haqidagi “No Other Land” filmi uçun “Oskar” mukofotiga sazovor bölgan.
Isroilda fuqarolikdan mahrum qiliş qonuniy jihatdan mumkin, ammo bu çora kamdan-kam qöllanadi. 2022 yilda Oliy sud davlatga “sadoqat”ni namoyon qilmagan, masalan, josuslik yoki davlatga xiyonat qilgan şaxsni fuqarolikdan mahrum qilişi mumkinligini tasdiqlagan.
2023 yilda qonun terrorizmda aybdor deb topilgan şaxslarga nisbatan ham qöllanadigan qilib kengaytirilgan. Fuqarolikni bekor qiliş uçun mamlakat Içki işlar vaziri tegişli sörov kiritişi, Adliya vaziri uni maqullaşi va sudyalar qarorni tasdiqlaşi kerak.
Avraham “The Guardian” naşriga bergan intervyusida rejissyorlar “imtiyozlar biz tomonda bölgan tizimda” tavakkal qilayotganini aytgan. Uning takidlaşiça, falastinliklar uçun esa ularning uyiga öng qanot tarafdorlari emas, balki AQŞ tomonidan moliyalaştiriladigan buldozerlar va qurollar keladi.
U, şuningdek, Ğazodagi falastinlik jurnalist Isroilning yuqori lavozimdagi amaldorlariga qönğiroq qilib, ular qilgan işni amalga oşirişga uringanida, ehtimol öldirilişi mumkinligini aytgan.
Malumot örnida, 2023 yil 7 oktyabrda HAMAS Isroilga hujum qilgan. “Agence France-Presse” agentligining Isroilning rasmiy malumotlariga asoslangan hisob-kitobiga köra, hujumda 1221 kişi halok bölgan, yana 251 kişi Ğazoga garovga olib ketilgan.
Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligi malumotlariga köra, şundan keyingi 3 yil davomida Isroilning hududga bergan zarbalari oqibatida 73 mingdan ortiq kişi halok bölgan. Qurbonlarning mutlaq köpçiligi tinç aholi vakillaridir.