USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Isroillik rejissyorlarning Ğazo haqidagi filmi Venetsiya festivalida 25 daqiqa olqişlandi

123 марта
Исроиллик режиссёрларнинг Ғазо ҳақидаги фильми Венеция фестивалида 25 дақиқа олқишланди

Isroillik rejissyorlar Yuval Abraham va Reyçel Sor tomonidan suratga olingan “NAZA” hujjatli filmi Venetsiya xalqaro kinofestivalida namoyiş etilganidan söng 25 daqiqa davomida olqişlarga sazovor böldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

Qayd etilişiça, film Isroil armiyasining Ğazodagi falastinliklarni nişonga olişda suniy intellekt asosidagi tizimlardan foydalanişiga bağişlangan.

80 daqiqalik film qariyb uç yil davomida olib borilgan jurnalistik tekşiruv natijasida yaratilgan. Unda Isroil harbiylari va razvedka xodimlarining guvohliklari keltirilgan bölib, ular şaxsi oşkor etilmasligi şarti bilan intervyu bergan.

Suhbatdoşlarning ovozi va yuzi raqamli texnologiyalar yordamida özgartirilgan. Intervyular Tel-Avivdagi binolar tomida tungi vaqtda tasvirga olingan.

“Biz askarlar va ofitserlarga özlari qilgan işlar haqida gapiriş imkonini beryapmiz. Maqsadimiz juda oddiy edi – Ğazodagi odam öldiriş tizimlari qanday körinişda bölgani va qanday işlaganini imkon qadar batafsil eşitişni istadik”, degan Yuval Abraham.

Film nomi Isroil razvedkasida qöllanadigan evfemizmdan olingan bölib, muayyan havo zarbasi natijasida halok bölişi kutilayotgan tinç aholi sonini anglatadi.

Filmda intervyu bergan harbiylar Ğazodagi telefon qönğiroqlari, odamlarning harakati va boşqa aloqalarini kuzatib boruvçi tizimlardan foydalanilganini aytgan. Ular orasida “Lavender” deb nomlangan suniy intellekt yordamidagi tizim ham tilga olinadi. U Ğazodagi kuzatuv ostida bölgan telekommunikatsiya tarmoğidan olingan malumotlar asosida öldirilişi kerak bölgan nişonlarni aniqlaşda qöllangan.

Filmdagi intervyulardan birida bu jarayon “fabrika kabi ommaviy miqyosda” amalga oşirilgani aytilsa, boşqa bir suhbatdoş nişonlarni aniqlaş jarayonini “video öyinga” qiyoslagan. Ayrim harbiylar tinç aholi uylarining vayron qilinişi, xalqaro gumanitar huquq normalariga rioya etilmasligi va falastinliklarga nisbatan nafrat muhiti şakllangani haqida ham gapirgan.

Film mualliflari “+972 Magazine” naşrida birgalikda elon qilgan maqolasida Ğazodagi tinç aholining ölimi “fojiali qöşimça zarar” emas, balki oldindan rejalaştirilgan va hisob-kitob qilingan harakat bölgani haqida xulosa qilinganini yozgan. Abraham film Ğarb davlatlarini Isroilga bölgan qöllab-quvvatlaşini qayta körib çiqişga va unga nisbatan sanktsiyalar orqali bosim ötkazişga undaydi, deb umid bildirgan.

Malum qilinişiça, “NAZA” filmi Buyuk Britaniyadagi “The Guardian” naşri bilan hamkorlikda Jim Uilson tomonidan işlab çiqarilgan. Ijroçi prodyuserlardan biri 2024 yilda “The Zone of Interest” filmi bilan “Oskar”ni qölga kiritgan Jonatan Gleyzer bölgan.

Film Venetsiya kinofestivalidagi tanlovda iştirok etayotgan yagona hujjatli kartina hisoblanadi. Festival 12 sentyabr kuni yakunlanadi.

Malumot örnida, rejissyorlar Yuval Abraham va Reyçel Sor 2025 yilda falastinlik rejissyorlar Bazel Adra va Hamdan Ballal bilan birgalikda suratga olgan “No Other Land” hujjatli filmi uçun “Oskar” mukofotiga sazovor bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: