Qirğizistonlik Çubak hoji domla xalq qahramoni böldi
Qirğizistonning marhum diniy arbobi Çubak hoji Jalilovga vafotidan söng “Qirğiz Respublikasi Xalq Qahramoni” oliy unvoni berildi. Bu haqda Qirğiziston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga köra, mukofotni Prezident Sadir Japarov Çubak hojining öğli Abdulla Jalilovga topşirgan. Qayd etilişiça, unvon Çubak hojiga diniy talim va marifiy faoliyatni rivojlantiriş, manaviy-axloqiy qadriyatlarni şakllantiriş, şuningdek, xalqning madaniy va diniy ananalarini asrab-avaylaşga qöşgan alohida hissasi uçun berilgan.

Malumot uçun, Çubak hoji Jalilov qirğizistonlik taniqli diniy arbob, islomşunos va pedagog bölgan. U 1975 yil 21 yanvarda Jalolobod viloyati Bozorqörğon tumani Bay-Munduz qişloğida tuğilgan. Jalilov Qirğizistondagi Hazrati Umar nomidagi Islom universitetini tamomlagan. Keyin Saudiya Arabistonida arab tili va fiqhni örgangan. U arab tili va islomiy fanlardan dars bergan, Jahon musulmonlar ligasida ekspert sifatida işlagan.
2008–2010 yillarda Qirğiziston musulmonlari diniy boşqarmasining fatvo bölimiga rahbarlik qilgan. 2010–2012 yillarda esa Qirğiziston muftiysi lavozimida faoliyat yuritgan. Lavozimdan ketganidan keyin ham diniy-marifiy faoliyatini davom ettirib, maruzalar va vazlar qilgan.
Eslatib ötamiz, Çubak hoji domla 2020 yil 11 iyul kuni vafot etgan edi.