Rossiya maktablarida harbiy tayyorgarlik kuçaytirildi
Rossiya maktablarida joriy öquv yilidan boşlanğiç harbiy tayyorgarlik uçun ajratilgan soatlar ikki baravardan köproqqa oşirildi. Bu haqda Rossiya Maorif vaziri Sergey Kravtsov keça, 13 sentyabr kuni RIA Novostiga malum qildi.
Uning aytişiça, yangi öquv yilidan boşlanğiç harbiy tayyorgarlik uçun tört öquv yili davomida jami 68 soat ajratiladi. Bu “Xavfsizlik va Vatanni himoya qiliş asoslari” kursining 50 foizini taşkil qiladi.
Qayd etilişiça, Rossiyada harbiy tayyorgarlik Ukraina bosqini fonida 8–11-sinf öquvçilari uçun maktab dasturiga kiritilgan. 2026 yilgaça mazkur maşğulotlarga uşbu kursning 20 foizi ajratilgan.
Malumot uçun, Rossiya maktablarida boşlanğiç harbiy tayyorgarlik sobiq SSSR davrida ham mavjud bölgan. 1993 yilda u öquv dasturidan çiqarib taşlangan, 2023 yilda esa “Hayot xavfsizligi asoslari” fani doirasida qayta joriy etilgan. Öşa paytda 10–11-sinf öquvçilariga Kalaşnikov avtomatida otiş, qöl granatalarini uloqtiriş va birinçi yordam körsatiş örgatilgan. 2024 yildan boşlab uşbu fan “Xavfsizlik va Vatanni himoya qiliş asoslari” deb nomlangan.
2026 yil may oyida “Vajniye istorii” naşri Rossiya hukumati beş yil içida maktab öquvçilari uçun harbiy-vatanparvarlik markazlariga 50 milliard rubldan ortiq mablağ sarflaganini yozgan.
Şuningdek, Rossiya va u bosib olgan Ukraina hududlarida kamida 210 ta maxsus talim muassasasi aniqlangan. Yel universiteti tadqiqotçilariga köra, Rossiya hukumati uruş boşlanganidan beri uşbu muassasalarda majburan köçirilgan ukrainalik bolalarni joylaştirib, ularga harbiy tayyorgarlik ötkazgan va mafkuraviy tasir körsatgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning kamida 24 hududidagi 70 dan ortiq talim muassasasida talabalarni Ukrainadagi uruşga jalb qiliş işlari olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi.