USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp Rossiya va Ukraina örtasidagi kelişuvni elon qilişga şoşildi – FT

148 марта
Трамп Россия ва Украина ўртасидаги келишувни эълон қилишга шошилди – FT

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina bir-birining energetika infratuzilmasi obektlariga zarba berişni töxtatişga rozi bölgani haqida elon qilişga şoşildi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Financial Times” xabar berdi.

Ukraina, Rossiya va AQŞ örtasidagi muzokaralarda iştirok etayotgan rasmiy şaxslar energetika sulhi masalasi ançadan beri muhokama qilinayotganini tasdiqlagan. Ularning sözlariga köra, Ukraina bir neça oy davomida Rossiyadan energetika obektlari va boşqa muhim infratuzilmaga zarba berişda özaro tanaffusga erişişga harakat qilgan, ammo Moskva bu takliflarni rad etib, hujumlarni yanada kuçaytirgan.

FT manbalarining Kreml pozitsiyasidan xabardor manbalariga tayanib xabar berişiça, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin qiş oldidan Ukraina bilan energetika böyiça kelişuv tuzişni xohlamaydi: u sovuq faslda energetika obektlariga beriladigan zarbalar Kiyevni yon berişga majbur qilişi mumkin deb hisoblaydi.

Ukrainaning ikki nafar yuqori martabali mulozimi Donald Tramp energetika sulhi haqidagi xabari orqali yoqilği qimmatlaşişidan çarçagan amerikaliklarga narxlarni tuşiriş ustida işlayotganini körsatmoqçi bölgan, deb hisoblaydi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 13 sentyabr kuni Donald Tramp Ukrainani Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga zarba berişni töxtatişga oşkora çaqirdi, çunki bu butun dunyoda dizel yoqilğisi narxining oşişiga olib kelmoqda.

Keça, 14 sentyabr kuni Tramp Ukraina Rossiyaning energetika infratuzilmasi obektlariga zarba bermaslikka rozi bölganini va Rossiya ham göyoki şunday qilişga rozilik berganini elon qildi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bunday kelişuvga tayyorligini tasdiqladi, ammo “Rossiya biror-bir kelişuvga amal qilişni xohlaşiga” şubha bildirdi. Moskva Trampning kelişuv haqidagi bayonotiga hozirça izoh bergani yöq.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: