USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yaponiyada yuz yoşdan katta aholi soni rekord darajada köpaydi

98 марта
Японияда юз ёшдан катта аҳоли сони рекорд даражада кўпайди

Yaponiyada tarixiy rekord qayd etildi: 100 yoşdan oşgan aholi soni ilk bor 100 ming kişidan oşdi. Bu haqda “The Straits Times” xabar berdi.

Yaponiya Soğliqni saqlaş vazirligi elon qilgan yangi hisobotga köra, mamlakatdagi uzoq umr köruvçilar soni 107 677 kişiga yetgan. Bu ötgan ön yilliklarga nisbatan uşbu demografik guruhning sezilarli darajada ösganini körsatadi: bu kabi hisob-kitoblar ilk bor boşlangan 1963 yilda mamlakatda atigi 153 nafar 100 yoşdan oşgan fuqaro yaşagan bölsa, 1998 yilda ularning soni 10 mingga yaqinlaşgan. Şu bilan birga, uşbu yoş toifasidagi aholining akasariyat qismini – taxminan 88 foizini ayollar taşkil etadi.

Rekord darajadagi körsatkiçlar sifatli soğliqni saqlaş tizimi, rivojlangan tibbiyot, töğri ovqatlaniş va faol turmuş tarzi evaziga erişilgan Yaponiyaning umr köriş davomiyligi böyiça yetakçiligini yana bir bor namoyiş etadi. Hozirda mamlakatdagi eng keksa inson Kiotoda yaşovçi 114 yoşli ayol hisoblanadi. Bazi keksa yaponlar faol turmuş tarzini olib borişda, sport bilan şuğullanişda va hatto qişloq xöjaligi hamda televideniyeda mehnat qilişda davom etmoqda.

Biroq millatning jadal qarişi davlat moliya tizimiga jiddiy oğirlik tuşirmoqda. Mamlakatning 40 millionga yaqin fuqarosi pensiya tölovlarini oladi, tuğiliş darajasining pasayişi fonida esa yoş mehnatga layoqatli aholi soni muttasil kamayib bormoqda. Ortib borayotgan pensiya va tibbiy xizmat ehtiyojlarini taminlaş uçun Soğliqni saqlaş vazirligi keyingi moliya yili byudjetidan taxminan 33,7 trillion iyena söragan, bu esa umumiy talabnomalar hajmining törtdan bir qismini taşkil etadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Olimlar Yer aholisini 2 baravar qisqartirişni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: