Yaponiya aholisi 42 yil içida ilk bor 120 milliondan kamaydi
Yaponiyada aholi soni 42 yil içida birinçi marta 120 milliondan pastga tuşdi. Mamlakat fuqarolari soni joriy yil boşida 119,7 million kişini taşkil qilgan. Bu haqda “Mainiçi” xabar berdi.
Malumotlarga köra, joriy yil boşida Yaponiyada yapon fuqarolari soni ötgan yilga nisbatan 917 ming kişiga kamaygan. Bu 1968 yildan beri qayd etilgan eng katta yillik pasayiş hisoblanadi.
Aholi kamayişining asosiy sabablaridan biri tuğiliş darajasining pasayişi bölgan. Mamlakatda bir yil davomida qariyb 670 ming çaqaloq tuğilgan bölsa, vafot etganlar soni 1,59 million kişiga yetgan.
Şu bilan birga, Yaponiyada xorijliklar soni oşib bormoqda. Ularning soni bir yil içida 354 ming kişiga köpayib, rekord darajadagi 4 million 31 ming nafarga yetgan.
Qayd etilişiça, xorijiy fuqarolar soni ketma-ket törtinçi yil oşgan. Bunga mamlakatda işçi kuçi yetişmovçiligi sabab çet ellik işçilarni jalb qiliş siyosati kuçaytirilayotgani sabab bölmoqda. Xorijiy aholining asosiy qismini mehnatga layoqatli yoşdagilar taşkil etadi. Ularning uluşi 86,17 foizga yetgan.
Yaponiyaning 47 ta prefekturasi orasida faqat Tokioda yapon fuqarolari soni ösgan. Mamlakatning umumiy aholisi, jumladan, xorijliklar bilan birga, 123,7 million kişini taşkil etgan. Bu körsatkiç ham ötgan yilga nisbatan qariyb 563 ming kişiga kamaygan. Aholi soni faqat Tokio, Çiba va Osaka prefekturalarida oşgani qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, 2025 yilda Yaponiya aholisining umumiy soni 123 million kişini taşkil etgan edi. Bu 2020 yilgi körsatkiç bilan soliştirganda 3,09 million kişiga kam degani.