USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Nozik nuqta”. Pentagon ilk bor öq-dori tanqisligini tan oldi

82 марта
“Нозик нуқта”. Пентагон илк бор ўқ-дори танқислигини тан олди
“Бизда ўқ-дориларнинг чексиз захираси бор”. Трамп мақтанчоқлик қилди

“Bizda öq-dorilarning çeksiz zaxirasi bor”. Tramp maqtançoqlik qildi

Pentagon Eron bilan uruş oqibatida öq-dorilar tanqisligi yuzaga kelganini ilk bor rasman tan oldi. Bu haqda AQŞ Mudofaa vazirligi boş inspektorining 28 fevralda boşlangan Eronga qarşi kampaniya – Pentagon tomonidan “Epik ğazab” (Epic Fury) deb nomlangan operatsiya haqidagi birinçi çoraklik hisobotida söz boradi.

Idora malumotlariga köra, joriy yil 28 fevraldan 30 iyungaça bölgan davrda Eronga qarşi harbiy harakatlar 33,4 milliard dollarga tuşgan, şundan 22,3 milliard dollari sarflangan öq-dorilarga, yana 3,7 milliard dollari esa yöqotilgan texnikaga töğri keladi. Harbiy vazirning xaridlar va taminot böyiça örinbosari boşqarmasi operatsiya davomida öq-dorilarning sarflanişi “strategik zaxiralarning tanqisligiga olib kelganini va ularni töldirişda mudofaa-sanoat bazasidagi nozik nuqtalarni yuzaga çiqarganini” malum qilgan.

Pentagonning aniqlik kiritişiça, idora işlab çiqariş tarmoqlarini jadallaştiriş, mudofaa korxonalari quvvatini kengaytiriş hamda muhim materiallar va komponentlarni jamlaş ustida işlamoqda, biroq buning uçun sohaga “sezilarli vaqt” talab etiladi. Hisobotga köra, eng jiddiy muammolar qattiq yoqilğili raketa dvigatellari, portlovçi moddalar va porox işlab çiqarişda, şuningdek, malakali işçilarni yollaşda saqlanib qolmoqda.

Qayd etiş joiz, Prezident Donald Tramp va Pentagon rahbari Pit Xegset bir neça bor öq-dorilar tanqisligini rad etib, AQŞ Qurolli kuçlarida harbiy harakatlarni olib boriş uçun qurol-yaroğ yetarli ekanini aytgan edi. 24 iyun kuni Oq uy Kongressga 87,6 milliard dollar miqdoridagi şoşilinç qöşimça moliyalaştiriş sörovini yuborgan, şundan 67,1 milliard dollari Mudofaa vazirligiga – birinçi navbatda öq-dorilarni töldiriş va Eronga qarşi operatsiya xarajatlarini qoplaş uçun möljallangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ hukumati Eron bilan uruş sababli öq-dorilar tanqisligi haqidagi malumotlarning sizib çiqişi uşbu malumotlardan foydalaniş huquqiga ega bölgan tor doiradagi şaxslar orasidagi xorijiy razvedka agenti tufayli yuz bergan bölişi mumkinligidan xavotirga tuşgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: