“Poraxörlar uyasi”. Aliyev Yevroparlament haqida keskin gapirdi
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Yevropa parlamentini “poraxörlar uyasi” deb atadi hamda uni ikkiyuzlamaçilik standartlari va islomofobiyada aybladi. Bu haqda u bugun, 15 sentyabr kuni Bakuda xalqaro konferentsiyalar – Turkiy davlatlar taşkilotiga (TDT) azo mamlakatlar Musulmon diniy idoralari rahbarlari kengaşining VII yiğilişi va Yahyo Bakuviy nomidagi Birinçi xalqaro konferentsiya iştirokçilarini qabul qiliş marosimida gapirdi.
“Evropa parlamenti – bu poraxörlar uyasi. Men buni töliq masuliyat bilan aytyapman”, deydi Aliyev.
U Yevroparlament sobiq vitse-prezidenti Yeva Kayli bilan boğliq korruptsion mojaroni eslatib ötgan.
“Uning vitse-prezidenti uyidan çemodanlarda millionlab dollar olib çiqildi, ular buning hammasini yaşirişdi. Uning ismi malum, u gretsiyalik ayol deputat. U hibsga olinganidan beri neça yil ötdi? Unga nisbatan biror çora körildimi? Yöq! Javobgarlikka tortildimi? Yöq! Uni ozod qilişdi”, deydi Ozarbayjon yetakçisi.
Aliyevning sözlariga köra, Yevroparlament Armaniston tomoni Ozarbayjon hududlarini okkupatsiya qilgan butun davr mobaynida Yerevanni qöllab-quvvatlagan va unga qarşi birorta ham sanktsiyaviy qadam taşlamagan.
“Armaniston boşqa davlat hududining 20 foizini egallab oldi, u yerdan 700 ming kişini siqib çiqardi, Armanistondan 250 ming ozarbayjonlikni haydab yubordi, barça şaharlarni vayron qildi. Nega siz unga qarşi sanktsiyalar kiritmaysiz? Demak, bu ikkiyuzlamaçilik standartlaridir”, deydi Prezident.
Şu bilan birga Aliyevning aytişiça, Ozarbayjon 2023 yil sentyabrida Qoraboğ ustidan nazoratni tiklaganidan söng, Yevropa Kengaşi oradan atigi tört oy ötib Bakuga qarşi sanktsiyalar kiritgan.
“Qarang, bu ularning asl başarasi”, deydi u.
Ozarbayjon rahbari, şuningdek, Yevropa institutlaridagi islomofobiyaga ham etibor qaratgan.
“Dinimiz va islom dunyosiga qarşi elon qilinmagan uruş olib borilmoqda. Islomofobiya esa uning kiçik bir qismi xolos”, deydi Aliyev.
Uning fikriça, bunday bosimga birdamlik bilan javob beriş kerak. Ozarbayjon yetakçisining sözlariga köra, turkiy dunyo, Kavkaz va islom dunyosi birga bölsa, heç kim sindira olmaydi va nohaqlik qilolmaydi.
Malumot uçun, Aliyev yuqorida nazarda tutgan Yevroparlament atrofidagi mojaro 2022 yil dekabrida avj olgan edi. Belgiya politsiyasi Yevroparlament vitse-prezidenti, gretsiyalik Yeva Kayli, uning otasi va şerigini qölga olgan. Tintuvlar çoğida 1,5 million yevrodan ortiq naqd pul musodara qilingan – banknota boylamlari gumonlanuvçilarning çemodanlari, sumkalari va xonadonlaridan topilgan. Tergov taxminiga köra, mablağlar Fors körfazi davlatlaridan ularning manfaatlarini Yevroparlamentda ilgari suriş evaziga kelib tuşgan. Iş omma orasida “Katargeyt” nomini olgan.
Baku va Yevropa institutlari örtasidagi munosabatlar Ozarbayjon 2023 yil sentyabrida Toğli Qoraboğ ustidan töliq nazorat örnatganidan söng yomonlaşdi. 2024 yil yanvarida Yevropa Kengaşi Parlament Assambleyasi (EKPA) inson huquqlari böyiça majburiyatlar bajarilmaganini vaj qilib, Ozarbayjon delegatsiyasining vakolatlarini tasdiqlaşdan boş tortdi. Bunga javoban Baku YeKPA bilan hamkorlikni vaqtinça töxtatdi, 2024 yil avgustida esa Ozarbayjon delegatsiyasiga qarşi ovoz bergan deputatlarning mamlakatga kirişini taqiqladi.