USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp mamuriyati Isroilga 2,8 milliard dollarlik qurol sotmoqçi

45 марта
Трамп маъмурияти Исроилга 2,8 миллиард долларлик қурол сотмоқчи

Donald Tramp mamuriyati Isroilga qiymati 2,8 milliard dollar bölgan harbiy öq-dorilar töplamini sotişni rejalaştirmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

AQŞlik rasmiyning “Reuters” agentligiga malum qilişiça, paket tarkibida öta vayronkor 2 000 funtlik bombalardan ön minglab dona böladi.

Anonimlik şarti bilan gapirgan rasmiyning aytişiça, rejalaştirilayotgan kelişuv doirasida 20 mingta MK 84 va 20 mingta BLU-117 bombasi Isroilga yetkazib berilişi közda tutilgan.

Qurol-yaroğ savdosi böyiça malumot uşbu yirik bitimlarga munosabat bildiruvçi Kongress qömitalariga norasmiy ravişda yetkazilgan. Mazkur paket haqida birinçi bölib “The Waşington Post” xabar bergan.

AQŞda Isroilni qöllab-quvvatlaş darajasi 2023 yilda Ğazo uruşi boşlanganidan buyon, ayniqsa Demokratik partiya tarafdorlari orasida pasaygan. Joriy yilning iyun oyida Quinnipiac University ötkazgan sörovnomaga köra, saylovçilarning 48 foizi va demokratlarning 66 foizi AQŞ Isroilni haddan taşqari qöllab-quvvatlamoqda, deb hisoblagan. 2017 yilda bu savol birinçi marta berilganida mazkur körsatkiçlar mos ravişda 16 va 20 foizni taşkil etgan.

2 000 funtlik bombalar Isroil tomonidan Ğazo sektori, şuningdek, Livanda muntazam qöllanib kelingan va bu huquq ekspertlarining tanqidiga sabab bölgan.

Ğazo soğliqni saqlaş idoralari malumotlariga köra, Isroilning harbiy amaliyotlari oqibatida 73 mingdan ortiq falastinlik halok bölgan. BMTning bir tergov komissiyasi Isroil Ğazoda genotsid sodir etgan, degan xulosaga kelgan, Isroil esa bu ayblovni rad etadi.

Isroil öz harakatlarini özini himoya qiliş çorasi sifatida baholaydi. Bunga sabab sifatida 2023 yil oktyabr oyida HAMAS boşçiligidagi jangarilar hujumida 1 200 kişi halok bölgani va 250 dan ortiq odam garovga olinganini keltiradi.

Malumot uçun, AQŞ va Isroil 28 fevral kuni Eronga hujum qilgan. Eron bunga javoban Isroil va AQŞ harbiy bazalari joylaşgan Fors körfazi davlatlariga zarbalar bergan.

AQŞ va Isroilning Eronga bergan zarbalari hamda Isroilning Livandagi hujumlari oqibatida minglab odamlar halok bölgan, millionlab kişi öz uylarini tark etişga majbur bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: