USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Global yonilği inqirozi boşlangan – WSJ

75 марта
Глобал ёнилғи инқирози бошланган – WSJ

Dunyo böylab global yonilği inqirozi boşlangan va u Yaqin Şarqdagi keskinlikning kuçayişi fonida yuzaga kelgan. Bu haqda keça, 15 sentyabr “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Naşrning yozişiça, AQŞ neft kompaniyalari rahbarlari avvalroq ogohlantirgan global yonilği inqirozi allaqaçon boşlangan. Dunyo böylab tijoriy yonilği zaxiralari yarim yildan ortiq vaqt davomida kamayib bormoqda. Neftning strategik zaxiralaridan foydalaniş imkoniyatlari ham deyarli tugagan.

Energetika sohasi ekspertlari Yaqin Şarqdagi mojarolarni yakunlaş istiqboli körinmayotgani vaziyat nazoratdan çiqib ketişiga olib kelişi mumkinligidan ogohlantirgan.

WSJ malumotlariga köra, AQŞda dizel yonilğisi narxi bir oy içida qariyb 14 foizga oşib, bir galloni uçun rekord darajadagi 6,23 dollarga yetgan. Bir yil davomida dizel narxi 60 foizdan köproq qimmatlagan.

Benzin narxi esa 4,32 dollarga kötarilgan. AQŞ neftining narxi sönggi uç haftada 19 foizga oşib, bir barreli qariyb 101 dollarga yetgan.

Qayd etilişiça, vaziyatni Eron bilan davom etayotgan mojaro, neft taşuvçi kemalar va infratuzilmaga hujumlar, şuningdek, Xitoy öz zaxiralaridan foydalanganidan keyin neft xaridlarini köpaytirgani yanada murakkablaştirmoqda.

Naşrning yozişiça, Yaqin Şarq va Ukrainadagi mojarolar tufayli neftni qayta işlaş zavodlarining faoliyati töxtagani dizel yonilğisi taminoti çeklanişiga olib kelmoqda.

Eslatib ötamiz, Tramp 13 sentyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiyaning dizel infratuzilmasiga zarbalar berişni töxtatişga çaqirgan edi. Uning aytişiça, bunday hujumlar dunyoga zarar yetkazayotgan dizel yonilğisi tanqisligiga olib kelmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: