USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Sobiq prezidentning Qöy-Toşdagi qarorgohi örnida bolalar uyi qurilyapti

232 марта
Собиқ президентнинг Қўй-Тошдаги қароргоҳи ўрнида болалар уйи қуриляпти

Qirğizistonning sobiq prezident Almazbek Atamboyevning Qöy-Toşdagi qarorgohi hududida qariyalar uyi va bolalar uyi qurilmoqda. Bu haqda mamlakat rahbarining Işlar boşqarmasi xabar berdi.

Idora Almazbek Atamboyevning sobiq xonadonidagi quriliş işlari haqida OAVda paydo bölgan malumotlarga javob qaytargan.

“Hudud musaffo havosi va osuda muhiti bölgan xuşmanzara göşada joylaşgan. Bu yerda keksalar va bolalarning yaşaşi, hordiq çiqarişi uçun qulay şaroitlar yaratilmoqda. Ikkala obekt ham ijtimoiy ehtiyojlar uçun möljallangan bölib, quriliş yakunlangaç, öz yönalişi böyiça foydalaniladi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, quriliş işlari muayyan ijtimoiy maqsadga ega. Uşbu ijtimoiy loyihalarni amalga oşiriş böyiça malumotlar avvalroq jamoatçilikka yetkazilgan.

Malumot uçun, Almazbek Şarşenoviç Atamboyev – Qirğizistonning törtinçi prezidenti (2011–2017 yillar) va mamlakat zamonaviy siyosiy tarixidagi eng közga köringan hamda ziddiyatli arboblardan biri. U 1956 yil 17 sentyabrda Çuy viloyatining Qoy-Toş qişloğida tuğilgan va Moskva boşqaruv institutini muhandis-iqtisodçi mutaxassisligi böyiça tamomlagan. Siyosiy faoliyatini 1993 yilda Qirğiziston Sotsial-demokratik partiyasiga (KSDP) asos solişdan boşlagan Atamboyev Askar Akayev va Qurmanbek Bakiyev boşqaruvi davrida asosiy muxolifat yetakçilaridan biri sifatida maydonga çiqqan hamda 2007 yilda va 2010 yilgi Aprel inqilobidan söng Boş vazir lavozimida faoliyat yuritgan. 2011 yilgi umumxalq saylovida ğalaba qozonib prezidentlikka saylangaç, u Taşqi siyosatda Rossiya bilan strategik va harbiy yaqinlaşuv yölini tanlagan. Uning davrida Bişkekdagi “Manas” tranzit taşuvlar markazidan AQŞ harbiy bazasi çiqarib yuborilgan va mamlakat 2015 yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (EOII) azo bölib kirgan.

2017 yilda Atamboyev öz muddati tugagaç, hokimiyatni konstitutsiyaviy va tinç yöl bilan öz izdoşi Sooronbay Jeenbekovga topşirgan, bu esa Qirğiziston tarixida ilk marotaba oliy hokimiyatning tinç almaşinuvi bölib qayd etilgan. Biroq oradan köp ötmay Jeenbekov va Atamboyev örtasida keskin siyosiy nizo yuzaga kelgan. Oqibatda sobiq prezident korruptsiyaviy jinoyatlarda ayblanib, sobiq davlat rahbari daxlsizligidan mahrum etilgan. 2019 yilning 7-8 avgust kunlari uning Qöy-Toşdagi qarorgohida ötkazilgan şturm va qonli töqnaşuvlar bilan keçgan maxsus operatsiyadan söng Atamboyev hibsga olingan. Unga nisbatan oçilgan bir qator jinoyat işlari va uzoq muddatli sud jarayonlaridan söng, 2023 yil fevralida Qirğiziston Oliy sudi işlarni qayta körib çiqişga yuborgan va u qamoqxonadan ozod qilingan. Ozodlikka çiqqaç, u davolaniş uçun Ispaniyaga jönab ketgan. Uning davlat tomonidan musodara qilingan Qöy-Toşdagi sobiq qarorgohi örnida esa qariyalar va bolalar uyi qurilişi boşlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Almazbek Atamboyev barça davlat mukofotlaridan mahrum etilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: