USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

YeI Kanadaga birinçi assotsiatsiyalangan azo bölişni taklif qildi

48 марта
ЕИ Канадага биринчи ассоциацияланган аъзо бўлишни таклиф қилди

Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen Kanadaga Yevropa Ittifoqining birinçi assotsiatsiyalangan azosi böliş imkoniyatini oçişni taklif qildi. Bu haqda fon der Lyayen keça, 16 sentyabr kuni Strasburgda Yevropa parlamentidagi YeIning yillik holatga bağişlangan nutqi vaqtida söz oçdi.

Uning sözlariga köra, bugungi oçiqdan-oçiq duşmanona dunyo şaroitida ittifoqçilar örtasida yangi aloqalarni şakllantiriş zarur.

“Biz hamkorliklarimizni zudlik bilan qayta körib çiqişimiz kerak. Şuning uçun Kanada YeIning birinçi assotsiatsiyalangan azosi bölişi uçun eşikni oçiş ustida siz bilan işlaşni istayman”, degan fon der Lyayen.

Yevropa parlamenti deputatlari bu taklifni olqişlagan. Fon der Lyayen söngra Yevropa parlamentida bölgan Kanada Boş vaziri Mark Karni bilan körişgan.

Fon der Lyayen YeI va Kanada suniy intellektdan iqlim özgarişigaça, Arktikadan geosiyosatgaça bölgan masalalarda dunyoga bir xil nuqtai nazardan qaraşini aytgan. U ikki tomon Ukraina, mudofaa, xomaşyo va taminot zanjirlari masalalarida hamkorlik qilib kelayotganini takidlagan.

“Eng muhimi, Yevropa va Kanada demokratiyaga işonadi”, degan u.

Karni fon der Lyayenning taklifini kelajakda ança kuçli va ulkanroq ittifoq quriş imkoniyati sifatida olqişlagan. Uning ofisi tarqatgan bayonotda Kanada va Yevropa strategik imkoniyatlarning keng doirasida çuqur hamkorlik orqali strategik mustaqillikni taminlaşi kerakligi aytilgan.

Biroq Karni öz bayonotida Kanada YeIning assotsiatsiyalangan azosi bölişi masalasini tilga olmagan.

Fon der Lyayenning taklifi YeIga azo davlatlar tomonidan maqullanişi kerak. Assotsiatsiyalangan azo maqomi hozirça Yevropa Ittifoqi şartnomalarida nazarda tutilmagan.

YeI ilgari huquqiy maqomi aniq belgilanmagan moslaşuvçan hamkorlik şakllariga ehtiyotkorlik bilan yondaşgan. Germaniyaning joriy yil may oyida Ukrainani YeIga töliq qöşilişga tayyorgarlik bosqiçi sifatida assotsiatsiyalangan azo qiliş taklifi ham ittifoq davlatlari tomonidan iliq qabul qilinmagan.

YeIning bir diplomati fon der Lyayen taklifidan hayratlanganini bildirib, b“u nimani anglatişini heç kim aslida bilmaydi”, degan. U Yevropa Komissiyasi rahbari hali amalga oşira olmaydigan vadalarni berib qöyişi mumkinligidan xavotir bildirgan.

Kanada va YeI örtasidagi munosabatlarni çuqurlaştiriş taşabbusi Ottavaning AQŞ bilan savdo muzokaralari barbod bölganidan keyin ilgari surilmoqda. Bu esa ikki davlat örtasida tariflar böyiça bir qator çora va javob çoralariga olib kelgan.

Karni kelgusi ön yilda AQŞdan taşqari davlatlar bilan savdo hajmini ikki barobar oşirişga vada bergan.

Fon der Lyayenning aytişiça, YeI va Kanada işlab çiqariş, texnologiya, mudofaa sanoati, Arktika, suniy intellekt, energetika va muhim minerallar sohalarida hamkorlik qiladi.

“Biz aqlli işlab çiqariş ustida işlaymiz. Texnologik ittifoq tuzamiz. Mudofaa sanoati bazalarimizni integratsiya qilamiz. Arktikani qöşma loyihalarimizning asosiy yönalişiga aylantiramiz”, degan u.

Fon der Lyayen bunday hamkorlik heç kimga qarşi emasligini ham takidlagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kanada Yevropa Ittifoqining Ukrainaga ajratiladigan 90 milliard yevrolik kredit dasturiga qöşilmoqçiligi xabar qilingandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: