Ukraina yana aviakompaniyalarni Rossiya osmonida uçişdan ogohlantirdi
Ukraina Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Georgiy Tixiy xalqaro aviakompaniyalarni Rossiya havo hududi ustidan parvoz qilmaslikka çaqirdi. Bu haqda “Interfaks-Ukraina” xabar berdi.
Ukraina tomoni Rossiya osmoni fuqarolik aviatsiyasi uçun xavfli ekanini takidlab, aviakompaniyalarni Rossiya hududi ustidan parvozlarni qisqartiriş yoki butunlay töxtatişga çaqirgan. Kiyev sentyabr oyi boşida ham şunga öxşaş murojaat bilan çiqqan edi.
“Rossiya osmonidan ehtiyot bölişga çaqiriğimizni takrorlaymiz, çunki u haqiqatan ham xavfsiz emas. Rossiya özini mutlaqo masuliyatsiz tutmoqda”, degan Tixiy.
Uning sözlariga köra, davom etayotgan uruşda Rossiya va Ukraina tomonidan dron va raketalardan muntazam foydalanilayotganiga qaramay, Moskva öz havo hududini yopmayapti. Ukraina esa aviakompaniyalarni parvozlar bilan boğliq xavflardan ogohlantirişni öz zimmasiga olgan.
Şuningdek, Tixiy avvalgi murojaatdan söng Rossiya osmonidagi faollik kamayganini ham malum qilgan. Uning aytişiça, Ukraina Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkilotiga qilgan murojaati azo davlatlar va aviakompaniyalarga yetib borgan.
“Bu çaqiriqqa quloq tutiş va Rossiya osmonidagi har qanday faoliyatni qisqartiriş yoki butunlay töxtatiş ularning masuliyatidir”, degan Ukraina TIV vakili.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 1 sentyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya havo hududini fuqarolik aviatsiyasi uçun “butunlay xavfli” bölib borayotganini aytgan edi. U aviakompaniyalar va suğurta kompaniyalarini, ayniqsa Moskva, Sankt-Peterburg va boşqa yirik şaharlardagi aeroportlarga parvoz qiliş xavfidan ogohlantirgan. Zelenskiy Rossiya osmonida dronlar bölişini, aviakompaniyalar esa buni hisobga olişi kerakligini bildirgan.