USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Zelenskiy aviakompaniyalarni Rossiya osmonida uçişdan keskin ogohlantirdi

94 марта
Зеленский авиакомпанияларни Россия осмонида учишдан кескин огоҳлантирди

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy aviakompaniyalarni Rossiya osmoni “xavfli bölib borayotgani”dan ogohlantirdi. Bu haqda u bugun, 2 sentyabr kuni özining Telegram-kanalida yozdi.

“Bugun biz Rossiya havo hududidan foydalanayotgan har bir aviakompaniyani, har bir suğurtaçini, Rossiyaning asosiy aeroportlaridan haligaça foydalanayotganlarning barçasini ogohlantirmoqçimiz: Rossiya osmoni töliq xavfli bölib bormoqda. Ukraina fuqarolik aviatsiyasining öziga – heç bir fuqarolik samolyotiga tahdid solmaydi. Şunçaki Rossiya osmonida dronlar şunçalik köp böladiki, buni hisobga oliş şart. Rossiya rasmiylari bu haqda tegişliça xabar bermayotgan bölsa-da, Rossiya osmoni de-fakto yopiladi: Rossiya tomonidan boşlangan uruş uning osmonini yopmoqda”, deb yozdi Zelenskiy.

Prezidentning aytişiça, u Ukrainada begunoh insonlar hayotdan köz yumişini xohlamaydi. 

“Şuning uçun şeriklarimizni ogohlantiramiz: Rossiya osmonida xavfsiz lahzalar tugadi. Buni şu yerda, Ukrainada işlayotgan davlatlar elçilari va Moskvada işlayotgan elçilar eşitişi muhim. Ularning har biri Rossiya uruşi mamlakatimiz, odamlarimiz uçun nimani anglatişini aniq biladi va bu malumotni öz poytaxtlariga yetkazişi kerak. Buni hozirda birinçi navbatda Moskva, Peterburg va boşqa asosiy Rossiya yönalişlari aeroportlariga uçayotgan tegişli aviakompaniyalar eşitişi muhim. Ukraina Taşqi işlar vazirligi va tegişli Ukraina idoralari xalqaro tuzilmalarga Rossiya osmonidagi xavf-xatarlar böyiça töliq malumot beradi. Dronlar orasida fuqarolik aviatsiyasiga örin yöq”, deb yozdi Zelenskiy Telegram’da.

Eslatib ötamiz, avvalroq Zelenskiy Rossiyaga kuniga 1000 ta dron uçirişni buyurgani haqida xabar berilgan edi. Zelenskiyning sözlariga köra, hozirda Ukraina Rossiyaga kuniga örtaça 300 ta dron bilan hujum qilmoqda va bu yetarli emas.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: