USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Germaniya Rossiya bilan ehtimoliy uruşga tayyorlanmoqda – “Bloomberg“

94 марта
Германия Россия билан эҳтимолий урушга тайёрланмоқда – “Bloomberg“

Germaniyada Rossiyaning NATO davlatlaridan biriga hujum qilişi ehtimoliga qarşi şifoxonalar minglab yarador harbiylarni qabul qilişga tayyorlanmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Naşrga köra, Germaniya davlat idoralari mamlakat infratuzilmasi va soğliqni saqlaş tizimining uruş şaroitida işlaş imkoniyatlarini tekşirmoqda.

Germaniya armiyasining hisob-kitoblariga köra, Rossiya NATOga hujum qilgan taqdirda Germaniyaga har kuni ming nafargaça yaralangan harbiy xizmatçi olib kelinişi mumkin. Mamlakatdagi 5 ta harbiy gospital bunday yuklamani kötara olmaydi. Şu sababli fuqarolik şifoxonalari ham yaradorlarga yordam körsatişga tayyorlanmoqda.

Malum qilinişiça, hukumat oldida turgan vazifalar qatorida yetarli miqdorda şifoxona örinlarini topiş, tibbiy buyumlar yetkazib beriş zanjirini mustahkamlaş hamda harbiy gospitallar va fuqarolik şifoxonalari örtasidagi muvofiqlaştirişni yaxşilaş bor.

Şuningdek, kadrlar masalasi ham dolzarb muammo bölib qolmoqda. Hozir Germaniyada atigi bir neça yuz nafar şifokor jangovor jarohatlar va öqotar quroldan yetkazilgan jarohatlarni davolaş tajribasiga ega. Şu sababli fuqarolik jarrohlari uçun maxsus kurslar taşkil etilmoqda.

Şu bilan birga, tibbiyot sohasi bilan boğliq xususiy kompaniyalar ham xodimlarining zaxiradagi harbiy xizmatçi yoki köngilli sifatida xizmatga çaqirilişidan xavotirda. Ayrim hududlarda bu xodimlarning 20 foizigaça bölişi mumkin.

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius avvalroq Rossiya 2029 yilda NATO bilan uruş boşlaşi mumkinligini aytgan. Ayrim tahlilçilar esa uruş bundan ham oldin sodir bölişi mumkinligini bildirgan. “Bloomberg“ning yozişiça, bunday holatda Germaniya alyansni himoya qilişda iştirok etişi kerak böladi. Mamlakatning geografik joylaşuvi sababli Germaniya harbiy xizmatçilar uçun asosiy tranzit markazlardan biriga aylanişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi uruş davom etayotgan bir paytda NATO davlatlaridan biriga çeklangan hujum uyuştirib, alyansning qatiyatini sinab körişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: