“Qani samolyotingiz?!” Centrum Air yölovçilari yana soatlab aeroportda qolib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Centrum Air aviakompaniyasining Istanbul – Toşkent yönalişidagi C6302 reysi 3 soatdan ortiq vaqtga keçikkani va bu holat yölovçilarning etirozlariga sabab bölgani töğrisida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Raqobat qömitasi rasmiy munosabat bildirdi.
Malum qilinişiça, Raqobat qömitasi tomonidan Centrum Air kompaniyasining Istanbul – Toşkent reysi keçikişi yuzasidan holat nazoratga olinib, örganiş işlari olib borilmoqda.
Jumladan, reys keçikişi vaqtida yölovçilarga zarur axborot va tegişli xizmatlar körsatilgani, şuningdek, istemolçilar huquqlari taminlanganligi böyiça tuşgan murojaat yuzasidan örganiş işlari olib borilmoqda.
Tarmoqlarda tarqalgan videolarga köra, bir yölovçining farzandi uzoq vaqt davom etuvçi operatsiyadan çiqqan. Uning farzandiga ötiriş mumkin bölmagan. U yotgan holatda Toşkentga qaytişi kerak bölgan. Biroq reysning uçiş vaqti 4 marotaba özgartirilgan.
“Farzandim bir yillik navbat kutişlar bilan öta muhim bölgan uzoq davom etuvçi operatsiyadan çiqdi. Farzandimga hozir ötiriş mumkin emas. Lekin parvoz 4 marta keçiktirildi. Avval samolyotimiz 11:00 da uçişi kerak edi, keyin 11:30 ga, 12:00 ga, 12:30 ga va oxir-oqibat 13:30 gaça keçiktirildi. Bolamning mazasi qoçib, Istanbul aeroportining içida u yerdan bu yoqqa yugurib yuribman. Hozir bolam örindiqda yotibdi, çunki unga ötiriş mumkin emas”, degan yölovçi.
Uning qöşimça qilişiça, aeroport xodimlari bolaning soğliği bilan boğliq xavotir sabab uni samolyotga çiqarişdan boş tortgan.
“Bu bolani biz olib keta olmaymiz, yölda mazasi qoçib qolsa, biz javob bera olmaymiz”, deb aeroport xodimlari ularni rad qilgan.
Şu sabab yölovçi farzandining şifokoridan malumotnoma ham olib kelgan.
“Erning tagidan bölsa ham şifokorning xulosasini olib kelib berdim. Şifokor ham “Men javob beraman, samolyotda nimadir bölsa”, deb böyniga oldi. Mayli, men malumotnomasini qildirib keldim. Lekin sizlarçi? Qani samolyotlaringiz? Parvoz nega qayta-qayta keçiktirilmoqda?” degan yölovçi videomurojaatida.
Centrum Air aviakompaniyasi esa haligaça holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirmagan. Biroq keça, 17 sentyabr kuni aviakompaniyaning matbuot xizmati keçikişning umumiy vaqti 3 soat 20 daqiqani taşkil etganini malum qilgan.
Raqobat qömitasiga köra, fuqarolar aviataşuv xizmatlaridagi istemolçilarning huquqlariga yetarli darajada rioya etilmaslik holatlari yuzasidan 1159 yagona işonç raqamiga murojaat qoldirişlari mumkin.
Bildirilişiça, örganiş natijalarida qonun buziliş holatlari aniqlangan taqdirda, Qömita tomonidan öz vakolatlari doirasida tegişli tasir çoralari qöllaniladi. Şuningdek, uşbu örganiş yakunlari yuzasidan qöşimça malumot taqdim etilişi qayd etilgan.
“Malumot örnida: Raqobat qömitasiga bugungi kungaça Centrum Air va boşqa aviakompaniyalar xizmatlaridan noroziligi böyiça 270 dan ortiq murojaat kelib tuşgan bölib, amaldagi qoidalarga parvozlarni amalga oşirayotgan aviakompaniya aybi bilan belgilangan jadvaldan keçiktirib uçişi yoki belgilangan manzilga keçiktirib eltib qöyganligi uçun, yölovçiga pullik kompensatsiya miqdorini belgilaş va tölaş tartibini nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritiş çoralarini köriş yuzasidan Transport vazirligiga bir neçta körsatmalar berilgan bölib, bugungi kunda istemolçilar huquqlarini himoyasini taminlaş böyiça qonunçilikni takomillaştiriş işlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, bu kabi holat Centrum Air’da birinçi bor kuzatilmayapti. Jumladan, avval ham ijtimoiy tarmoqlarda Centrum Air aviakompaniyasiga nisbatan etirozli murojaatlar elon qilingan. Xususan, aktrisa Bahora Arslonova uşbu kompaniyadan çipta olib, manziliga uça olmaganini aytib çiqqan edi.
Bundan taşqari, Centrum Air aviakompaniyasiga tegişli samolyotda yuzaga kelgan texnik nosozlik tufayli Qozon – Toşkent yönalişi böyiça uçişi kerak bölgan reys 27 soatga keçiktirilgandi.
Şu bilan birga, Centrum-Air xususiy aviakompaniyasi bir öringa ikki çipta sotganligi ham aniqlangandi.