Pokistonda masjid portlatildi. Önlab qurbonlar bor
Bugun, 18 sentyabr kuni Pokistonning Afğoniston çegarasi yaqinidagi notinç şimoli-ğarbiy hududida joylaşgan masjidda uyuştirilgan portlaş oqibatida kamida 15 kişi halok böldi, 50 dan ortiq odam jarohatlandi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Qayd etilişiça, portlovçi moddalar ortilgan avtomobil Xaybar-Paxtunxva viloyatining Koxat şahridagi politsiya boş qarorgohi hududida joylaşgan masjidning kiriş qismiga borib urilgan. Hodisa juma namoziga odamlar yiğilayotgan paytda sodir bölgan.
DPA axborot agentligiga köra, kamida 15 nafar marhum va 50 dan ortiq jarohatlangan kişi şahardagi şifoxonaga olib borilgan. Şifokor Tohir Şohning aytişiça, yaradorlarning ayrimlari oğir ahvolda bölgani sababli qurbonlar soni ortişi mumkin.
Hozirça hujum uçun javobgarlikni heç bir guruh öz zimmasiga olmagan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Pokistonning Islomobod şahridagi masjidda portlaş sodir bölgan edi. Portlaş oqibatida kamida 31 kişi halok bölib, 169 kişi jarohat olgan edi.