USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Vetnamda 16 mingdan ortiq uy suv ostida qoldi. Qurbonlar bor

63 марта
Вьетнамда 16 мингдан ортиқ уй сув остида қолди. Қурбонлар бор

Vetnamning şimoliy va markaziy hududlarida yuz bergan kuçli yomğir, suv toşqinlari va köçkilar oqibatida kamida 4 kişi halok böldi, 16 mingdan ortiq uy suv ostida qoldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Malum qilinişiça, mintaqada joriy yilning 14 sentyabr kunidan buyon yoğayotgan yomğir keça, 17 sentyabr kuni tuşdan keyin töxtagan. Biroq suv toşqinlari oqibatida avtomobil yöllari va pasttekisliklar hamon suv ostida qolmoqda. Bu transport harakati va aholining kundalik hayotiga salbiy tasir körsatgan.

Bugun, 18 sentyabr kuni Xanoy şahrida 17 sentyabrdan buyon bedarak yöqolgan universitet talabasining jasadi topilgan. Uning jasadi şaharning janubi-ğarbiy qismidagi daryoga olib boruvçi drenaj tizimi kiriş qismidan aniqlangan.

Qayd etilişiça, mahalliy aholi Xanoy konçilik va geologiya universitetining birinçi bosqiç talabasi bölgan yigitga tegişli kök rangli mototsiklni kanalizatsiya tizimi yaqinidan topgan. Taxminlarga köra, u kuçli yomğir sabab yuzaga kelgan suv toşqini vaqtida kanalizatsiya tizimiga oqizib ketilgan.

Şuningdek, 17 sentyabr kuni keçqurun Xanoy şahrining şimoli-ğarbida joylaşgan Fu Txo provintsiyasining Da Bak tumanida köçki yuz bergan. Hodisa oqibatida yana 3 kişi halok bölgan.

Xanoyning janubi-ğarbiy qismidagi qişloq hududlardan oqib ötuvçi Bui daryosida suv sathi xavfli darajaga kötarilgan. Önlab xonadonlar taşqi dunyodan uzilib qolgan. Rasmiylar pasttekisliklarda yaşovçi 150 oilani, jami 500 dan ortiq kişini evakuatsiya qilgan.

Mahalliy hokimiyatlar tabiiy ofatlarga qarşi kuraşiş hamda qidiruv-qutqaruv işlarini olib boriş rejalarini işga tuşirgan. Suv toşqinlari 24 ming gektardan ortiq guruç, sabzavot va boşqa ekin maydonlarini ham suv ostida qoldirgan.

Malumot uçun, Vetnam dunyodagi iqlim özgarişlariga eng zaif mamlakatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat tez-tez suv toşqinlari va tayfunlarga duç keladi. 2025 yilda ham Vetnamda bir neça bor kuçli suv toşqinlari kuzatilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nepal va Xitoy çegarasida joriy yilning 26 avgust kuni yuz bergan kuçli suv toşqinlari va köçkilar oqibatida halok bölganlar soni 1 252 nafarga yetgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: