USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ harbiy kontingentining yarmini Yevropadan olib çiqmoqçi

50 марта
АҚШ ҳарбий контингентининг ярмини Европадан олиб чиқмоқчи

Yevropa mamlakatlarini 25 ming va undan ortiq amerikalik harbiy xizmatçilar tark etişi mumkin. Bu haqda yetti nafar amaldagi va sobiq amerikalik hamda ğarblik mansabdor şaxslarga tayanib, NBC News telekanali xabar berdi.

Ikki manbaning bildirişiça, qisqartiriş yanada kattaroq – 40 ming harbiygaça bölişi mumkin. Bu AQŞning Yevropadagi kontingentining yarmiga yaqinini taşkil qiladi. 

“Ehtimol, kontingentning qisqartirilişi Germaniya, Italiya va Ispaniyaga tasir qiladi”, deydi manbalar. 

Bu uç mamlakatda AQŞning Yevropadagi qöşinlarining asosiy qismi joylaşgan, ularning yetakçilari esa Eron bilan uruş sababli AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan nizoga kirişgan.

AQŞning Yevropadagi harbiy iştirokini tubdan qisqartiriş rejasi, şuningdek, aviatsiya, kemalar va qurol-aslahalarni olib çiqişni ham nazarda tutadi. Agar bu amalga oşirilsa, uşbu qadam Sovuq uruş tugaganidan beri Yevropadagi 80 ming kişilik Amerika harbiy iştirokining eng salmoqli qisqartirilişi böladi.

Bugun, 18 sentyabr kuni Birlaşgan kuçlar oliy boş qömondoni va AQŞ Yevropa qömondonligi rahbari Aleksus Grinkeviç AQŞning Yevropadagi harbiy iştiroki tahlili natijalarini Mudofaa vaziri Pit Hegsetga taqdim etadi.

NBC News baholaşiga köra, Grinkeviçning maruzasida harakatlarning bir neçta ehtimoliy variantlari belgilab beriladi: Amerika aviatsiyasi, harbiy-dengiz kuçlari va quruqlikdagi qöşinlar yoki boşqa turdagi kuç va vositalar şaxsiy tarkibi sonini qisqartiriş, yoki kontingentning bir qismini Yevropa içida NATOning şarqiy qanotidagi mamlakatlarga qayta joylaştiriş.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ qöşinlarni olib çiqişdan oldin Iroq şimolidagi öz havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimlarini demontaj qilişni boşlagani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: