Eron AQŞning Yevropadagi obektlariga zarba berişni körib çiqmoqda
AQŞ Eronga qarşi harbiy harakatlarni yana kuçaytirsa, Tehron Yevropadagi Amerika obektlariga zarba beriş imkoniyatini körib çiqmoqçi. Bunda Bolgariya va Kiprdagi AQŞ harbiy obektlari birinçi navbatda ehtimoliy nişonlar sifatida baholanmoqda. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.
Naşrning Eron rahbariyatiga yaqin manbasiga köra, agar Vaşington vaziyatni haddan taşqari keskinlaştirsa, Tehron “har qanday narx evaziga özini himoya qiladi” va javob zarbalari geografik jihatdan Yevropa hududigaça yetib borişi mumkin.
Manbaning takidlaşiça, Eronning keyingi harakatlari AQŞning qarorlariga bevosita boğliq böladi. Biroq Tehron ehtimoliy javob çoralari uçun “heç qanday çeklovlar” belgilamoqçi emas.
Bu orada AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganini tasdiqlagan. CNN malumotiga köra, Tramp yuqori lavozimdagi maxsus vakillariga Eron bilan barça aloqalarni töxtatişni buyurgan va Vaşington strategiyasini özgartirgan.
Telekanalning xabar berişiça, AQŞ avval Eronni imkon qadar tezroq mağlub etişga qaratilgan rejadan voz keçib, bosqiçma-bosqiç iqtisodiy va siyosiy bosimni kuçaytiriş strategiyasiga ötmoqda.
Tramp, şuningdek, Eronga nisbatan misli körilmagan “iqtisodiy uruş va yakkalaş” boşlanişini elon qilgan. Bu çoralar Tehronga bosimni kuçaytiriş va uning iqtisodiy imkoniyatlarini çeklaşga qaratilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eronga har qanday körinişda yordam beradigan davlatlar jiddiy iqtisodiy oqibatlarga duç kelişini aytgandi.