Meksikalik mulozim mamlakatda qança bandit borligini oçiqladi
Meksikada qariyb 175 ming fuqaro tödalar (bandalar) azosi hisoblanadi va jinoiy guruhlar har hafta yuzlab yangi azolarni öz safiga qöşib olmoqda. Bu haqda mamlakat saylov instituti vakili Erika Estrada Ruis malum qildi.
Ruisning aytişiça, Meksikadagi saylovlarga mamlakatda juda keng quloç yoygan uyuşgan jinoyatçilik sezilarli darajada tasir körsatmoqda.
“Taxmin qilinişiça, taxminan 175 ming kişi u yoki bu jinoiy taşkilot azosi hisoblanadi”, deydi Ruis.
Uning malumotlariga köra, har hafta Meksikaning jinoyat olamiga qariyb 450 kişi jalb qilinişi mumkin.
“Uyuşgan jinoyatçilik “xodimlar” soni böyiça mamlakatimizdagi beşinçi yirik iş beruvçiga aylandi”, deydi u.
Ruis öz çiqişida, şuningdek, uyuşgan jinoyatçilikning mamlakatdagi saylov jarayoniga jiddiy tasirini qayd etgan.
“Jinoyatçilar hatto siyosatçilarni öğirlab ketmoqda yoki öldirişmoqda”, deydi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Meksikaning Guanaxuato ştatidagi San-Fransisko-del-Rinkon şahrida futbol uçraşuvi vaqtida qurolli hujum sodir bölib, bir kişi halok bölgani va olti kişi yaralangani haqida xabar berilgan edi.