AQŞ, Daniya va Grenlandiya xavfsizlik böyiça bitim imzolaydi
Daniya, Grenlandiya va AQŞ kelasi hafta Arktika va Şimoliy Atlantikada xavfsizlikni mustahkamlaydigan kelişuvni imzolaşi mumkin. Bu haqda Daniya hukumati saytida xabar berildi.
Qayd etilişiça, uç mamlakat hukumatlari kelasi hafta BMT Boş Assambleyasi doirasida bitimni imzolaşi kutilmoqda. Kelişuv imzolanganidan keyin kuçga kirişidan oldin zarur parlament protseduralaridan ötişi kerak böladi.
“Grenlandiya, Daniya Qirolligi, AQŞ va Ğarb alyansi xavfsizligini taminlaydigan va mustahkamlaydigan kelişuv tuzilişiga yaqinlaşayotganimizdan xursandman. Bitim Grenlandiya manfaatlarini va xalkaro hamkorlikdagi örnimizni tan oladi. Bu barçamiz uçun manfaatlidir”, deydi Grenlandiya hukumati rahbari Yens-Frederik Nilsen.
Öz navbatida Daniya Boş vaziri Mette Frederiksen ham yaxşi kelişuv tuzilişi istiqboli paydo bölgani munosabati bilan xursandçilik bildirgan. U kelişuv Arktika va Şimoliy Atlantika mintaqasidagi umumiy xavfsizlikni mustahkamlaşini, şuningdek, NATO va Yevropa uçun manfaatli ekanini takidlagan.
“Birgalikda Qirollikning suvereniteti va hududiy yaxlitligini, şuningdek, Grenlandiya xalqining öz taqdirini özi belgilaş huquqini tan oladigan kelişuvdir”, deydi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ mamuriyati NATO va Grenlandiya bilan hamkorlikda Qöşma Ştatlar uçun “hayratlanarli” bölgan kelişuv ustida işlayotgani haqida xabar berilgan edi.