AQŞ Ukrainaga 2,6 mlrd dollarlik qurol-yaroğ sotişni maqulladi
AQŞ Davlat departamenti Ukrainaga umumiy qiymati 2,68 milliard dollar bölgan öq-dorilarni sotiş va havo mudofaasi tizimlarini (HMT) modernizatsiya qiliş böyiça xizmatlar körsatiş mumkin bölgan bitimni maqulladi. Bu haqda bugun, 19 sentyabr kuni idora matbuot xizmati xabar berdi.
Ukraina AQŞdan raketalar, lazer bilan yönaltiriladigan va uzoqroq masofaga möljallangan HMT tizimlarini, şuningdek, dronlarga qarşi kuraşiş uçun RPS 202 radiolokatsiya stantsiyalarini söragan. Bitim qurol-yaroğ yetkazib beriş va HMT tizimlarini modernizatsiya qiliş böyiça xizmatlar körsatişni nazarda tutadi.
Davlat departamenti malumotlariga köra, bitim tuzilgan taqdirda, moliyalaştiriş Yevropa mamlakatlari badallari hamda Jo Bayden mamuriyati davrida ajratilgan AQŞning Harbiy moliyalaştiriş dasturi (FMF) mablağlari hisobidan taminlanadi.
Idoradaning malum qilişiça, bitimni amalga oşiriş uçun Ukrainaga AQŞ hukumati vakillarini yoki Amerika pudratçilarini yuboriş talab etilmaydi. Davlat departamenti baholaşiça, kutilayotgan sotuv mintaqadagi mavjud harbiy muvozanatni özgartirmaydi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Donald Tramp mamuriyati Isroilga qiymati 2,8 milliard dollar bölgan harbiy öq-dorilar töplamini sotişni rejalaştirayotgani haqida xabar berilgan edi.