USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xitoy BMTning Eronga aloqador rezolyutsiyasini blokladi

78 марта
Хитой БМТнинг Эронга алоқадор резолюциясини блоклади

Rossiya va Xitoy AQŞ tomonidan tayyorlangan va Eronga qarşi sanktsiyalarga rioya etilişini nazorat qiluvçi mustaqil ekspertlar guruhi mandatini yana bir yilga uzaytirişni nazarda tutuvçi BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyasi loyihasiga veto qöydi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Qayd etilişiça, loyiha uçun Xavfsizlik Kengaşining 11 ta azosi ovoz bergan, Rossiya va Xitoy qarşi çiqqan, Somali hamda Pokiston esa betaraf qolgan.

Söz Eron yadro dasturi munosabati bilan 2025 yil 27 sentyabrda qayta tiklangan sanktsiyalar haqida bormoqda. Ular Eronning xorijdagi aktivlarini muzlatişni, qurol-yaroğ yetkazib berişga qöyilgan çeklovlarni va Tehronning raketa dasturiga qarşi çoralarni nazarda tutadi. Rossiya va Xitoyning vetosi sanktsiyalarning özini bekor qilmaydi, lekin ularga rioya etilişini monitoring qiluvçi ekspertlar guruhi mandati uzaytirilişiga tösqinlik qiladi.

Eron rezolyutsiya bloklangani uçun Moskva va Pekinga minnatdorlik bildirgan. Tehronning malum qilişiça, bu mamlakatlar AQŞ va uning ittifoqçilariga Xavfsizlik Kengaşidan siyosiy maqsadlarda foydalanişga yöl qöymagan.

Vaşington, öz navbatida, Rossiya va Xitoyni sanktsiya rejimining mumkin bölgan buzilişlari böyiça suriştiruvga tösqinlik qilişda ayblagan. Frantsiyaning BMTdagi doimiy vakili Jerom Bonnafon sanktsiyalar Eronni yadro dasturi böyiça majburiyatlarni bajarişga qaytarişga undaş uçun möljallanganini takidlagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: