AQŞ Senati Rossiya va Eronga qarşi sanktsiyalarni maqulladi
AQŞ Senati Rossiya va Eronga qarşi keng qamrovli sanktsiyalarni nazarda tutuvçi “Lindsey O. Graham Sanctioning Russia and Iran Act of 2026” qonun loyihasini 86 ovoz bilan 11 ta ovozga qarşi qabul qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Hujjat Rossiya rasmiylariga qarşi sanktsiyalar joriy etiş, şuningdek, Rossiya nefti va gaziga qaramlikni kamaytiriş maqsadida Xitoy, Hindiston va boşqa davlatlarga nisbatan yuqori boj tariflarini qöllaş vakolatini prezidentga berişni nazarda tutadi.
Qonun loyihasi marhum senator Lindsi Grem tomonidan ilgari surilgan. U Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida Kiyevning Kongressdagi eng faol tarafdorlaridan biri bölgan. Hujjatda AQŞ Prezidenti Donald Tramp talab qilgan Eronga qarşi sanktsiyalarni kengaytiriş ham közda tutilgan.
Agar qonun loyihasi Vakillar palatasida ham maqullanib, Tramp tomonidan imzolansa, Prezident Rossiya energetika resurslarini yirik miqyosda sotib oladigan davlatlarga, jumladan, Hindiston, Yaponiya va Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlariga import tariflarini 100 foizgaça oşirişi mumkin.
Qayd etilişiça, ayrim kongressmenlar va sanoat vakillari yangi tarif vakolatlari AQŞ importçilari va istemolçilari uçun xarajatlarni oşirişi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.
Qonun loyihasi endi AQŞ Vakillar palatasida körib çiqiladi. Palata 31 avgust kuni yozgi tanaffusdan qaytişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, Respublikaçi senator, taşqi siyosatda qatiy pozitsiyasi bilan tanilgan Lindsi Grem Rossiyaga qarşi yangi sanktsiyalar töğrisidagi qonun loyihasi ustida işlayotgan paytda ötgan oy boşida Kiyevga taşrif buyurib, Zelenskiy bilan uçraşgan. U Vaşingtonga qaytganidan köp ötmay, 71 yoşida yurak xastaligi tufayli vafot etgandi.